in

«Xayp»mi yoki kreativ targ‘ibot? Kapitanning qo‘shiq kuylashi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Buxoroda viloyat IIB JXX YHXB axborot xizmati boshlig‘i, kapitan Ulug‘bek Shukurlayev tashabbusi bilan yoshlarni yo‘l harakati qoidalarini buzmaslikka, har bir yo‘l belgisiga qat’iy rioya qilishga chorlovchi qo‘shiq ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan qizg‘in qarshilandi.

Kimdir «kapitan bundan xayp yasamoqchi bo‘lgan», desa, boshqasi bunday yondoshuv «uchar» haydovchilar uchun kreativ targ‘ibot bo‘ldi»,

demoqda

.

«

Bugungi kun yoshlari oddiy targ‘ibotni ko‘rmayapti. Surat va videoli postlarga e’tibor qaratishmayapti. 1-2 daqiqali targ‘ibotlarni ko‘rishga, hatto, vaqt ham ajarishmayapti. Shu bois, qo‘shiq orqali yo‘l harakati qoidalarini targ‘ib qilishni, hozirgi yoshlarga xalqchil tarzda qoidabuzarliklarga rioya qilishlari uchun o‘zlariga xos yondoshuv qildik. Qo‘shiq orqali urg‘uni targ‘ibotga qaratdik. «Bu orqali kapitan xayp yasamoqchi bo‘lgan» degan bo‘lmag‘ur gaplar o‘z yo‘liga. Biz, uddaladik va yosh haydovchilar ongiga yetkaza oldik. Qanaqadir turli xayplarga berilib ketgan yoshlar uchun bu kreativ yondoshuv bo‘la oldi, deb o‘ylayman. Maqsad turli ko‘rinishdagi avtoavariyalar hamda qoidabuzarliklarning oldini olish

», — deydi Ulug‘bek Shukurlayev.

O‘z xizmat vazifasi bo‘yicha matbuot xizmatini ham boshqarayotgan kapitan: yosh haydovchilarga yetib borishi uchun kreativ, pozitiv yondoshuv qilganini bildirdi. Uning so‘ziga ko‘ra, targ‘ibotning bu ko‘rinishida ayrim toifadagi haydovchilarga o‘zlarining tillarida tushuntirish berilgan. Qo‘shiqni yaratish, bastalash, tasvirga olish va montaj jarayonlari uchun bir kun vaqt sarflangan.

Kapitanning ushbu yondoshuvi nechog‘li «effekt» berishini vaqt ko‘rsatadi. Biroq, qo‘shiqning minglab haydovchilar ichida «xayp»ga aylangani bor gap. Buni «xayp»ning ijobiy ko‘rsatkichi, deb atasa ham bo‘ladi.