in

Vazira Yunusova qizlari nega aktrisa bo‘lmaganini ochiqladi (video)

Aktrisa Vazira Yunusova “O‘zimizning gap” ko‘rsatuvida mehmon bo‘ldi. Suhbat davomida undan: “Nega qizlaringizdan hech biri sizning yo‘lingizdan ketmadi?” degan savol so‘raldi.

Aktrisa bu savolga javoban marhum adasi aytgan gaplarni esladi.

“Rahmatli adasi: Bitta oilaga bitta aktrisa yetadi, derdilar. O‘sha paytlarda gastrol safarlariga ketardik, xalq xizmatlari, teatr, syomkalar ko‘p bo‘lardi. Shuning uchun ham oilada yana aktrisa bo‘lishini xohlamas edilar”, — dedi aktrisa.

Vazira Yunusovaning aytishicha, keyinchalik Farangiz ismli qizi turmush qurib, farzandli bo‘lganidan so‘ng bir kuni onasiga yig‘lab murojaat qilgan.

“Bir kuni qizim: Nega meni aktrisa qilmagansiz? Men ham aktrisa bo‘lardim, deb yig‘lab qoldi. Shunda men: Aktrisa bo‘lasanmi? Mayli, bo‘ldi gap yo‘q, dedim va unga “Nomus” serialidan rol olib berdim. O‘ynab ko‘rsin dedim.

U rolni juda yaxshi ijro etdi. Rejissyor ham: Juda yaxshi o‘ynadi, iste’dodi bor ekan, tez olib ketadi, dedi. Ammo bir-ikki kun suratga olishda qatnashganidan keyin uchinchi kuni rejissyor qo‘ng‘iroq qilib: Vazira opa, Farangiz yo‘q, topa olmayapmiz, dedi.

Qizimga qo‘ng‘iroq qildim. U esa: Men maktabdaman. Bo‘ldi, boshqa syomkaga bormayman, menga yoqmadi, dedi. Men esa juda hijolat bo‘lib, rejissyordan uzr so‘rashga majbur bo‘ldim. Maktabda ishlaydiyu, ishdan chaqirib qolishibdi, deb tushuntirdim”, — deya kulib esladi aktrisa.

Farangiz esa bu holatga o‘z munosabatini bildirib, shunday dedi:

“Rostini aytsam, suratga olish jarayonida ko‘p kutish menga yoqmadi. Soatlab kutish juda qiyin ekan. Epizodim keldimi deb so‘rasam, hali emas, hozir, deyishadi. Ba’zan tok o‘chib qoladi, ba’zan texnikalar zaryadi tugaydi. Juda ko‘p kutish kerak ekan. Lekin kutishni hisobga olmaganda, jarayon juda qiziqarli bo‘ldi, menga juda yoqdi”.

Aktrisaning bu hikoyasi ko‘rsatuv tomoshabinlarida iliq tabassum uyg‘otdi.

Ma’lumot

Mehmon

guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.

Yangiliklar

»

Madaniyat

» Vazira Yunusova qizlari nega aktrisa bo‘lmaganini ochiqladi (video)

So’nggi yangiliklar

Gvardiola o‘z uslubidan qaytmasligini qat’iy ta’kidladi

Bugun, 12:09

Shimoliy Koreya Hvasal qanotli raketalarini sinovdan o‘tkazdi (video)

Bugun, 12:08