Erkak va ayol o‘rtasidagi munosabatlar do‘stlikka asoslangan bo‘lishi mumkin yoki mumkin emasligi hamisha bahs va munozaralarga sabab bo‘lgan. Quyida e’tiboringizga havola etadigan yulduzli do‘stlar ikki jins vakili o‘rtasida sevgidan boshqa munosabatlar ham bo‘lishi mumkin ekaniga misol bo‘la
oladi
.
Jastin Biber va Billi Aylish
Bir vaqtlar Billi Aylish hali mashhur xonanda bo‘lmaganda qo‘shiqchi Jastin Biberning ashaddiy muxlisi bo‘lgan. Billi dunyoga tanilgach, uning bolalikdagi kumiri Jastin haqiqiy ustoz va do‘stga aylandi:
“
Men uni juda hurmat qilaman. U menga ko‘p ishlarda yordam beradi. Masalan, Jastin menga yulduzlik kasalligiga chalinmaslikni va mashhurlikni to‘g‘ri qabul qilishni o‘rgatgan. Biz u bilan tez-tez telefon orqali muloqot qilamiz. Uning motivatsiyaga to‘la so‘zlari qayg‘uli kunlarimda xuddi hayotga qaytargandek bo‘ladi
”, — deydi Billi Aylish.
Darhaqiqat, Biberning o‘zi ham ushbu do‘stlik xonanda uchun katta ahamiyatga ega ekanligini doim aytadi.
Rayan Reynolds va Sandra Bullok
2009 yilda Sandra Bullok va Rayan Reynolds ishtirokidagi “Taklif” filmi namoyish etildi. Filmda sevishganlar obrazini ishonarli tarzda ijro etgan aktyorlar hayotda ham ideal juftlik bo‘lishiga ko‘plab muxlislar ishonch bildirdi. Ammo o‘sha yilda ikkala aktyorning ham jufti bo‘lgan va ular do‘st bo‘lib qolgan. Sandra va Rayan turmush o‘rtoqlari bila ajrashganda ularning do‘stligi yanada mustahkamlandi.
“
Rayan men uchun shunchaki ajoyib do‘st, biz o‘n yildan ortiq vaqt davomida opa-ukadekmiz
”, — deydi Bullok.
Kendall Jenner va Fay Hadra
Ijtimoiy tarmoqlarda Kendall Jenner nafaqat opa-singillari bilan tushgan suratlar bilan, balki yaqin do‘sti Fay Hadra bilan olingan esdalik fotolar bilan ham bo‘lishadi. Ikkisi ko‘pincha turli ijtimoiy tadbirlarda birga ishtirok etadi. Masalan, Heyli va Jastin Biberning to‘y marosimiga Kendall do‘sti Fay bilan birga tashrif buyurgan.
Ed Shiran va Teylor Svift
2012 yilda Teylor va Ed o‘rtasida hamkorlikdagi loyihadan boshlangan munosabatlar hali hamon davom etmoqda. Ijodiy g‘oyalar ustida suhbatlashish va birgalikda sayr qilishni xush ko‘radigan mashhurlar nima uchun boshqalar ularning do‘stligiga ishonmasligiga hayron qoladi. Ular nafaqat bir-birlarining konsertlarida chiqish qiladi, hatto ijodiy masalalarga birgalikda yondashadi. Ed Shiran bir necha yil oldin Teylorning Neshvildagi uyi yaqinida rancho sotib olgani buning dalilidir.
“
Teylor va men turli mavzularda uzoq va mazmunli suhbat qura olamiz. Men Teylor nima istayotganini tushunadigan kam sonli insonlardan biriman, deb ayta olaman
”, — deydi Ed.
Zendaya va Timoti Shalame
Bu ikki mashhurni “Dyuna” filmidan tashqari besh yillik mustahkam do‘stlik ham bog‘laydi. Timoti bir necha bor hamkasbi unga ko‘plab shaxsiy va maishiy masalalarda yordam berganini tan oldi. Masalan, Zendaya Manxetten markazidan olingan kvartirani Timoti uchun jihozlab bergan.
“
Zendayani o‘z singlimdek qabul qilaman, men uni qalb do‘stim va eng yaxshi partnyorim, deb bilishdan xursandman
”, — deydi Shalame.
Lili Kollinz va Zak Efron
Lili va Zak birinchi marta o‘n yil oldin Nickelodeon kanalining taqdirlash marosimida uchrashgan. Efron do‘sti haqidagi ilk taassurotlari yomon bo‘lganini tan olgan, chunki u Kollinzni juda takabbur inson deb o‘ylagan. Biroq uning fikri tez orada o‘zgardi va har bir uchrashuvdan keyin mashhurlarning rishtalari mustahkamlanib bordi. Lili va Zak 2019 yilda umumiy loyihada ham ishtirok etgan.
Uzoq yillar
,
Qalin do‘st
,
Gollivud yulduzlari
,
Erkak va ayol o‘rtasida
Mavzuga oid yangiliklar
Husanov Yevropani zabt etdi: Abduqodir "Top-5"ning eng zo‘r himoyachilari reytingida ikkinchi o‘rinda…
10-10-2024, 22:40, Sport