in

Ulug‘bek Rahmatullayev uzoq tanaffusdan so‘ng yangi qo‘shig‘ini premyera qildi

Taniqli xonanda Ulug‘bek Rahmatullayev uzoq tanaffusdan keyin ijodiy faoliyatini yangi asar bilan davom ettirdi. U “Hayot” nomli qo‘shig‘ini va unga ishlangan videoklipni muxlislariga taqdim qildi.

San’atkor yangi taronasi haqida ijtimoiy tarmoqlarda xabar berib, muxlislarini navbatdagi ijod mahsuli bilan quvontirdi. Qo‘shiq mazmuni va ohangi bilan tinglovchilar qalbiga yaqin bo‘lishi aytilmoqda.

Videoklip ham qo‘shiq ruhiga mos tarzda ishlangan bo‘lib, ijodkorning yangi qiyofasini namoyon etadi. Uzoq vaqtdan beri yangi taronalar chiqarmagan xonandaning qaytishi muxlislar orasida katta qiziqish uyg‘otdi.

Shuningdek, yaqin kunlarda Ulug‘bek Rahmatullayev va Umidaxon ijrosidagi duet qo‘shiq ham premyera qilinishi kutilmoqda. Bu haqdagi videolar ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, muxlislar intiqlik bilan yangi ijod namunalarini kutmoqda.

Ma’lumot

Mehmon

guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.

Yangiliklar

»

Madaniyat

» Ulug‘bek Rahmatullayev uzoq tanaffusdan so‘ng yangi qo‘shig‘ini premyera qildi

So’nggi yangiliklar

Putin vengriyalik asirlarni ozod qilib, Budapeshtga sovg‘a qildi

Bugun, 10:53

Ikki o‘zbek grossmeysteri nufuzli turnirga maxsus taklif oldi

Bugun, 10:36