in

Turkiyalik xonanda Serdar O‘rtach: “Chap qo‘lim ishlamayapti, yashashga qiziqish ham qolmadi”

Turk estrada xonandasi Serdar O‘rtach O‘zlem Esra Ada boshlovchiligidagi tonggi dastur mehmoni bo‘ldi. Suhbatda xonanda uzoq vaqt davomida tarqoq skleroz kasalligi (markaziy nerv sistemasi demiyelinizatsiyasi bilan namoyon bo‘luvchi surunkali autoimmun kasallik) bilan kurashib borayotgani, sog‘lig‘i, shaxsiy hayoti hamda karyerasi haqidagi savollarga

javob berdi

.

“Uy qamog‘ida o‘tirganimda chap qo‘lim ishlamay qoldi”

Serdar O‘rtach avvalroq autoimmun kasallik tufayli chap oyog‘i ishlamay qolgani haqida ma’lum qilgan edi:

Uy qamog‘ida bo‘lganimda kasallik tufayli chap qo‘limni ham yo‘qotdim, yurishim qiyin edi, lekin shunga qaramay, men sahnaga chiqib, konsert o‘tkazishni niyat qilgan edim. Va buning uddasidan chiqdim ham. Ammo keyin men azart o‘yinlariga berilib ketdim, so‘ng uy qamog‘iga mahkum bo‘ldim. O‘z uyimda kishanlar bilan yurar edim. Bunday stressli vaziyatga mening organizmim toqat qila olmadi va surunkali kasallik avj olib, bir qo‘lim ishlamay qoldi

”.

“Meni boshqa hech qachon televideniyeda ko‘rmaysiz”

Bo‘lib o‘tgan voqealardan keyin muxlislar tomonidan bildirilgan turli fikrlar tufayli taniqli qo‘shiqchi endilikda umuman televizorga chiqmasligini e’lon qildi:

Endi men bir og‘iz so‘z aytishga qo‘rqaman, bu esa davlat telekanaliga beradigan mening so‘nggi jonli efirim bo‘ladi. Endilikda meni televizorda ko‘rmaysiz, albatta, ko‘chadagi paparatssilar bilan suhbatlar bundan mustasno

”.

“Yana bir bor konsert bersam, odam emasman”

Mashhur estrada xonandasi faoliyatini yakunlash haqidagi qarorini e’lon qilar ekan:

Qarzlarim uzilishi bilan yana konsert bersam yoki yana qo‘shiq aytsam, odam emasman. Men hammasini tashlab, qishlog‘imga ketaman. Men odamlardan juda charchadim. U yerda endi o‘limimni kutib yashayman

”, dedi O‘rtach.

“Endi yashashni xohlamayman”

O‘rtach so‘zida davom etdi:

Ko‘p yillardan buyon sahnada konsert berib, odamlarni xushnud etib kelganman. Lekin hozir televizorni yoqsam, uzoq yillardan beri aka-uka deb yurgan yaqinlarim meni haqorat qilib yotibdi. Bir vaqtlar mening konsertlarimga 350-400 ming kishi kelar edi, nahot hamma mening muvaffaqiyatsizlikka botishimni kutib turgan bo‘lsa?

”, dedi xonanda.

Ma’lumot uchun, xonanda Serdar O‘rtach bukmekerlik xizmatlaridan foydalangani va noqonuniy qimor o‘yinlarini o‘ynagani uchun uch yilgacha qamoq jazosiga hukm qilingan edi, so‘ng hukm o‘zgartirilib, O‘rtach uy qamog‘iga o‘tkazildi. Biroq advokatlar apellyatsiyaga bergach, xonandaga nisbatan chiqarilgan qaror bekor qilindi.

Mavzuga oid yangiliklar