in

“Titanik”da Rouz va Jek jon saqlagan eshik sahnasi qanday suratga olingan edi?

“Oskar” mukofoti sovrindori Keyt Uinslet Josh Horovitsning “Happy Sad Confused” podkastiga bergan intervyusida “Titanik” filmining oxirgi daqiqalari bilan bog‘liq ajoyib tafsilotlar bilan bo‘lishdi. Aktrisaning so‘zlariga ko‘ra, Rouz jon saqlagan eshik va okeanda qolgan Jek sahnasi balandligi belgacha bo‘lgan akvariumda suratga

olingan

.

Xullas, ushbu sahna sayoz akvariumda suratga olingan va bu bir nechta noqulayliklar keltirib chiqarga edi

”, dedi aktrisa.

Leonardo Di Kaprio akvarium tubida tiz cho‘kib turgan, sovuq qotgan Keyt Uinslet esa tez-tez hojatxonaga borib kelishga majbur bo‘lgan.

Ushbu noqulay sharoitni eslasam, suratga tushish guruhidan uyalib ketaman, chunki men tez-tez rejissyordan javob so‘rar, so‘ng qaytib kelganda eshikka emaklab chiqar edim

”, deb esladi aktrisa.

Leo akvariumda tiz cho‘kib o‘tirgan holatda uzoq muddat qolib ketgan. Ehtimol, tafsilotlarning barchasini aytmasligim kerakdir. Podkastni eshitgach, Jeyms Kemeron qo‘ng‘iroq qilib, “Nega bularning barini aytib berdingiz”, deb so‘rasa kerak, deya hazillashdi Uinslet.

Aktrisa “Titanik” uzoq yillar davomida faol muhokama qilinib, muxlislar film haqida ko‘plab hazillar, parodiyalar va memlar yaratishganini ham qayd etdi. Ko‘pchilik tomoshabinlar Jek ham omon qolishi mumkinligi va eshikka ikki kishi bemalol sig‘a olishini ta’kidlagan. Chunki eshik bo‘yi 2,5 metr, eni esa 1 metr bo‘lgan.

Rejissyor o‘z fikri haqiqat ekanligini isbotlash uchun kaskadyorlar yordamida xuddi bosh qahramonlar vaznidek insonlardan kinoning aynan eshik bilan bog‘liq sahnasini qayta yaratdi, shuningdek u sud-tibbiy ekspertlarga ham murojaat qildi:

Ma’lum bo‘lishicha, eshik yetarlicha keng va uzun bo‘lishiga qaramay, ikki kishini ko‘tara olmaydi. Biroq tajribaga ko‘ra, Jek omon qolishi mumkin bo‘lgan kichik imkoniyat bor edi: agar Rouz eshik ustiga chiqqanida unga qutqaruv nimchasini berganda edi, Jek ham tirik qolar edi. “Titanik” rejissyori Jeyms Kemeronning fikricha, Jekning o‘limi muqarrar edi:

“Rouz hayotini xavf ostiga qo‘yish Jekning xarakteriga zid”, deya tushuntirdi rejissyor.

Shuningdek, 10 yil avval xuddi shunday tajribani Discovery kanalida “MythBusters” ilmiy-ommabop shou jamoasi ham o‘tkazdi. Ular haqiqatan ham eshik bir vaqtning o‘zida ikkita odamni ushlab turolmaydi, degan xulosaga keldi. Ammo qahramonlar tirik qolishiga ozgina zukkolik yordam berishi mumkin edi: agar Rouz qutqaruv nimchasini yechib, uni eshik ostiga qo‘yganida edi, Jek ham omon qolish ehtimoli bo‘lgan.

Mavzuga oid yangiliklar