in

Selena Gomes o‘zining milliarderlik maqomiga munosabat bildirdi

32 yoshli xonanda va aktrisa Selena Gomes rasman milliarderga aylangani haqidagi xabarlarga nisbatan o‘z munosabatini bildirdi. Yulduz asos solgan Rare Beauty kosmetika kompaniyasidan milliardlab daromad olishiga qaramay, o‘zini doimo kamtarona tutadi, biroq badavlat bo‘lishning ayrim jihatlarini yoqtirmasligini

tan oladi

.

Selenaning so‘zlariga ko‘ra, xonanda o‘zining moliyaviy ahvoli, daromadi va, umuman olganda, pul to‘g‘risida gapirishni yomon ko‘radi. Gomes bu yoshda milliarderga aylangani va butun dunyoga tanilgani katta muvaffaqiyat bo‘lsa-da, u bularni hayotdagi eng muhim yutuq deb bilmaydi.

Nyu Yorkda bo‘lib o‘tgan kinofestivalda Entertainment Tonight nashriga bergan intervyusida xonanda shunday dedi:

Shaxsan menga pul haqida gapirish juda yoqimsiz holatdir, lekin mening kosmetika tovarlarimni sotib oladigan insonlardan minnatdorman. Ular mening orzumni amalga oshirmoqda

”.

Ammo Selena Gomes o‘zining yangi bilimlarni egallagani to‘g‘risida faxr bilan gapiradi. Xususan, u yaqinda ispan tilida erkin so‘zlasha boshlagan va bu iste’dodni xonanda o‘ziga xos ne’mat deb biladi.

Bloomberg nashri hisob-kitoblariga ko‘ra, Gomesning boyligi 1,3 milliard dollarga yetgan. Daromadining katta qismi besh yil avval ishga tushirilgan Rare Beauty kosmetika kompaniyasiga to‘g‘ri keladi. Shuningdek, u musiqiy albomlar sotuvidan tushgan mablag‘lar, ko‘chmas mulklar, striming xizmatlari bilan tuzilgan shartnomalardan olingan gonorarlar, brendlar bilan hamkorlik bitimlari va konsertlari orqali yuqori daromadga ega bo‘lgan. Bundan tashqari, qo‘shiqchi ruhiy muammolarga duch kelgan insonlarni qo‘llab-quvvatlash va ruhiy salomatlik sohasidagi tadqiqotlar bilan shug‘ullanuvchi Wondermind startapining ham asoschisidir.

Selena Gomes

,

Gomesning boyligi

,

kosmetika kompaniyasi

Mavzuga oid yangiliklar