O‘zbek xonandasi Samandar Xamraqulov san’atkorlar uchun chiqarilayotgan soliq to‘lovi bo‘yicha o‘z fikrini ijtimoiy tarmoqlarda bildirgan.
U shunday dedi: “Soliq departamenti chiqarayotgan qonun yoki chiqarmoqchi bo‘lgan hujjat yuzasidan juda ko‘p san’atkorlar o‘z mulohazalarini bildirmoqda. Biz soliq to‘lashdan hech qachon qochmaymiz, lekin san’atkorlarning asosiy daromadi faqat to‘ylardan keladi. Ular kliplar chiqaradi, xarajat qiladi, va qaysi holatda bo‘lmasin, bu pulni faqat to‘y orqali qoplay oladi yoki qoplamaydi, ba’zi hollarda qarzga kiradi.”
Xonanda yana ta’kidladi: “Ikki-uch yildan beri qarzini to‘layotgan san’atkorlar bor, hozirgacha foydaga chiqmagan. Chunki boshqa daromad manbai yo‘q. Shu sababli men o‘ylaymanki, soliq masalasini har tomonlama hisob-kitob qilib, diqqat bilan joriy etish kerak.”
Samandar Xamraqulovning fikricha, san’atkorlarning moliyaviy holatini hisobga olgan holda, soliq siyosatini adolatli va mantiqan ishlab chiqish muhimdir.
Ma’lumot
Mehmon
guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar
»
Madaniyat
» Samandar Xamraqulov san’atkorlarga chiqarilayotgan soliq to’lovi haqida keskin fikr bildirdi
So’nggi yangiliklar
1 aprel kuni dollar kursi pasayishi kutilmoqda
Bugun, 10:33
Yevropa top-klublari Muhammad Salohning transferini kuzatmoqda
Bugun, 10:30
Saraton kasalligi o'limning eng asosiy sababiga aylanadi
Bugun, 10:21
