Samarqand shahrida 26 avgust kuni “Sharq taronalari” o‘n uchinchi xalqaro musiqa festivalining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Marosimda qatnashgan prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva bu festival sabab ertakona muhitni his qilganini yozdi.
“
Har safar “Sharq taronalari” festivalida Samarqandni sehrli kuy-ohanglar chulg‘ab oladi. Mana, kecha ham Registon maydonida yana ertakona muhit hukm surdi
.
Bu bayram birdamlik, hamjihatlik kayfiyatini baxsh etuvchi musiqa va madaniyatdan bahramand bo‘lish uchun noyob imkoniyatdir
”, — deya yozdi u.
Ta’kidlash joiz, festivalning ochilish marosimida YUNЕSKO, TURKSOY, Turkiy madaniyat va meros fondi, MDH va boshqa tashkilotlardan faxriy mehmonlar ishtirok etdi.
Bu yilgi festivalda 80 ga yaqin davlatdan 400 naf ziyod san’atkor va olimlar qatnashishi ko‘zda tutilgan.
Mavzuga oid yangiliklar
Kuzda immunitetni yaxshilash uchun nimalar iste’mol qilish kerak?