Xonanda Rayhon “No Filter” ko‘rsatuvidagi suhbati davomida bolaligida balerina bo‘lishni orzu qilgani, u bu yo‘l oson emasligini bilsa-da, o‘z maqsadi sari borish uchun hamma narsaga tayyor bo‘lgani, balet maktablarida intizom juda qat’iy bo‘lishini, ba’zan hatto qattiq muomala qilishlari ham mumkinligini u yaxshi tushunganini aytib berdi.
Shunga qaramay, Rayhon bu san’atga shunchalik qiziqqanki, uyida ham oddiy tapochkalar o‘rniga baletchilarga xos po‘antlarda yurishni mashq qilgan.
Biroq uning onasi bu qarorga qat’iy qarshi bo‘lgan. U qizini ogohlantirib:
“Agar balerina bo‘lishni istasang, avvalo pianino chalishni o‘rganishing kerak”, deb shart qo‘ygan.
Aynan shu talab Rayhon hayotida muhim burilish bo‘lgan. Natijada u nafaqat baletga, balki musiqa san’ati va mehnatga ham chuqur mehr qo‘ygan. Keyinchalik aynan shu saboq uning ijodiy yo‘liga mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qildi.
Ma’lumot
Mehmon
guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar
»
Madaniyat
» Rayhon bolaligida balerina bo‘lishni orzu qilgan
So’nggi yangiliklar
UFC 326 turnirining barcha natijalari ma'lum bo'ldi
Bugun, 11:54
O'zbekistonlik dzyudochilar Antaliyada muvaffaqiyatli ishtirok etishdi
Bugun, 11:54
