Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva YUNЕSKO Bosh konferensiyasining Samarqandda bo‘lib o‘tadigan 43-sessiyasi arafasida O‘zbekistonning musiqasi, ijod olami, noyob ovozlari hamda bahor nafasi dunyo bilan baham ko‘rishda davom ettirilayotganini ma’lum qildi.
“Bu o‘zi uchun O‘zbekistonni kashf qilayotgan insonlar qalbiga eltuvchi eng qisqa yo‘l, mamlakatimiz targ‘ibotini ilgari suruvchi madaniy diplomatiya vositasidir. Biz har kuni shu ezgu maqsad yo‘lida harakat qilyapmiz, jahonga eng go‘zal qirralarimizni namoyish etmoqdamiz”, deb yozadi prezident yordamchisi.
Qayd etilishicha, aprel oyining ilk kunida YUNЕSKO bosh qarorgohida O‘zbekiston Milliy simfonik orkestri o‘z mahoratini namoyish etdi. Orkestr ijrosida Sharqning buyuk shoirlari — Navoiy, Bobur, Umar Xayyom va Nodira asarlari asosida yaratilgan musiqiy taronalar taqdim etildi.
“Alibek Kabdurahmonov va Rixter Trio boshchiligida Parijda “The Sands of Time” (“Vaqt qumlari”) konserti bo‘lib o‘tdi. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar Nodira Pirmatova va G‘ulomjon Muhammadjonov yurtimiz tarixi va madaniy merosini sahnada o‘ziga xos tarzda jonlantirib, tomoshabinlarga an’anaviy musiqiy madaniyatning yangicha, mualliflik talqinini namoyish etdilar”, deya qo‘shimcha qilgan Saida Mirziyoyeva.
Mavzuga oid yangiliklar
//
Sankt-Peterburgda “bomj”lar muzeyi ochildi (foto)
Kecha, 23:37