in

O‘zbek shou-biznesi vakillari Halima Ibragimovani qanday xotirlamoqda?

Komik aktrisa Halima Ibragimovaning bevaqt o‘limi ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari hamda uning hamkasblari qalbini larzaga keltirdi. Ko‘plab shou-biznes vakillari Instagram’dagi sahifasi orqali marhum hamkasblarini xotirlab, u haqda iliq so‘zlarni yozib qoldirmoqda. Ulardan ayrimlarini e’tiboringizga

havola

etamiz.

Ishonish juda qiyin. Hech kim bu yolg‘on dunyoni qachon tark etishini bilmas ekan. Hamisha yuragimdasiz, sizni yaxshi ko‘raman

”, deb yozdi Munisa Rizayeva.

Halimaxon qaysar ijodkor bo‘lgan. Hattoki institutda birga o‘qib yurgan paytimizda uning san’atda o‘rnini topishiga ko‘zim yetmasdi. Lekin shu darajada mehnat qilib, intilib, xalq mehrini qozondi. Hozir “Halima kim?” deb so‘rasangiz, aktrisa, qiziqchi degan javoblarni olasiz. Demak, u o‘z maqsadiga erishdi. Ta’bir joiz bo‘lsa, so‘zda turish ma’nosida uncha-muncha erkakka o‘rnak bo‘ladigan qiz edi. Alloh rahmatiga olsin

”, dedi madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov.

Alloh rahmat qilsin, hali orzu-niyatlari ko‘p inson edi. Yaratganning ishlariga qarshi borolmaymiz

”, deb yozdi xonanda Umida Mirhamidova.

Siz doim o‘zingizni sherga o‘xshatardingiz. Kuchli, harakatchan va yengilmas inson edingiz. Bu hayotda ko‘p sinovlardan o‘tdingiz va doim kurashdingiz. Eng oxirgisi esa ikki farzandingiz uchun edi, ular hali juda yosh. Siz ularga onalik mehrini, o‘zgacha kuchni va sevgini berib ketdingiz. Tarixga esa o‘z nomingizni qoldirdingiz. Kimdir sizdan qo‘rqdi, ko‘plar sizni sevdi. Siz mehribon ona, sadoqatli rafiqa, yaxshi opa va sodiq do‘st edingiz. Bizning oilamiz uchun juda aziz inson, bir bo‘lagimiz edingiz. Har bir quvonchli kunimda, farzandlarim tug‘ilganida ham xursand bo‘lib, yonimda turgansiz. Qalbi daryo inson edingiz. Qilgan yaxshiliklaringizni Alloh qabul qilsin, so‘roq-savollaringizni oson qilsin. Siz doim qalbimizdasiz

”, deb yozadi xonanda Nilufar Usmonova.

Albatta, hammamizning borar joyimiz bir, ammo to‘satdan bunday xabarni eshitib hayron bo‘lib qolarkan odam. Savol-javoblarini oson qilsin

”, deb yozadi xonanda Hilola Hamidova.

Men uchun juda qadrli inson, opam bugun omonatlarini topshirdilar. U hayotimda qanday holat bo‘lishidan qat’i nazar, doim yonimda turgan. Meni “bolalarimning tog‘asi, yoningda men turibman, gazni bos”, deb qo‘llab-quvvatlardilar. Hozirgina ona sherimni so‘nggi manzilga jo‘natib shunaqa ta’sirlandim. Joyingiz jannatda bo‘lsin, hamisha qalbimizdasiz

”, deb yozadi bloger va aktyor Jamshid Bobojonov.

Halimaxon…Yana bir yo‘qotish…Bizning oilamizda hamma vaqt hurmatda bo‘lgan inson edi. Rahmatli turmush o‘rtog‘im bilan hazillashib “Mirza aka, siz boshqachasiz”, derdilar. Mana bugun ko‘p o‘yladim, san’atimizning sizning alohida o‘rningiz bo‘lgan ekan. Sog‘inamiz. Ilohim joyingiz jannatda bo‘lsin

”, deb yozadi xonanda Tojibar Azizova.

Xalqimiz orasida vafot etgan insonlar yo yaxshi so‘zlar bilan xotirla, yoki indama, degan gap bor. Halimaxonning vafoti yuzasidan ta’ziya izhor qilishim barobarida ba’zi insonlar tomonidan yozilgan fikrlarni o‘qib lol qoldim. Shaxsan menga u hech qachon yomon gapirmagan, qayerda ko‘rsa, hurmatimni o‘rniga qo‘yardi. Menimcha u tegmaganga tegmasdi, lekin unga tekkan odamni tek qo‘ymasdi. O‘z haqqini olmaguncha tinch qo‘ymaydigan inson edi.

U juda ko‘p davralarda shunday holda dunyoga kelmagani, balki hayot qiyinchiliklari, ota-onasidan yosh yetim qolishi va taqdir sinovlari sabab xarakteri shu holga kelgani haqida aytgan.

Banda borki xatokordir, Alloh har birimizni kamchiliklar bilan yaratgan, faqatgina Yaratgan beayb ekanligini unutmaylik.

Do‘stlar, yaxshi so‘zlar bilan duoda bo‘laylik, oxiratlari obod bo‘lsin, yaqinlariga hamdardlik bildiraman

“, deb yozdi xonanda Mohira Asadova.

Yordam kerak bo‘lgan vaziyatda mardlik qilgan, yordamini ayamagan, haqiqatgo‘y, nohaqlikka chidab turolmaydigan inson edingiz. Ayol bo‘la turib, ba’zi erkaklardan ortiqroq mardlik qildingiz

”, deb yozadi aktyor Oybek Xolmedov.

Ba’zi insonlarning ijtimoiy tarmoqlarga yozayotgan izohlarini ko‘rib, ranjidim. “Ey g‘ofil bandalar, qayerga qarayapmiz, nega biz insonning faqat suratiga, gapirgan so‘zlariga qarab baho beryapmiz? Insonning qalbi, siyrati faqatgina Allohga ayon. Bugun siz yomon deyotgan inson qiyomatda sizdan-da aziz bo‘lishi mumkin. Undan ko‘ra qalbingizni isloh qiling

”, deb ijtimoiy tarmoqlarda Halima Ibragimova haqida negativ fikr bildirgan insonlarga o‘z munosabatini bildirdi Lola Zunnunova.

Eslatib o‘tamiz, komik aktrisa Halima Ibragimova 7 dekabr kuni 45 yoshida hayotdan ko‘z yumdi. Xonanda Yulduz Usmonovaning aytishicha, uning o‘limida jarrohlik amaliyotidan keyingi organizmning o‘zini tiklolmagani va qonda qand miqdorining oshishi sabab bo‘lgan.

Шоу-бизнес вакиллари

,

Ҳалима Ибрагимова

,

Ҳалима

,

Хотирлаш

Mavzuga oid yangiliklar

Tokioda tug‘ilish darajasini oshirish uchun 4 kunlik ish haftasi joriy etiladi

Kecha, 13:53, Dunyo