Bolaligimiz xotiralarini jonlantiradigan “Kulcha non” qo‘shig‘ini kuylagan Fazilat Shirinova bugungi kunda Dubay shahrida oilasi bilan yashamoqda. U “Efirda To‘raxonov” dasturida hayoti haqida so‘zlab berdi.
Fazilat Shirinovaning aytishicha, u san’atga juda erta kirib kelgan. Besh yoshida “Orzu” ansambliga qabul qilingan va shu paytdan iqtidori bilan ajralib turgan. Undan ancha katta yoshli qizlar orasida eng kichigi bo‘lsa-da, yaxshi eshitish qobiliyati va ovozi bilan e’tibor qozongan.
Fazilat Shirinova “Non yopganda” qo‘shig‘ini bastakor Baxshillo Karimov aynan uning uchun yozganini aytdi. Shu qo‘shiq bilan ular “San’at g‘unchalari” tanlovida g‘olib bo‘lgan. Keyinchalik “Xayol” qo‘shig‘i ham yaratilgan, so‘ng u Buxorodagi Muxtor Ashrafi bilim yurtida tahsil olgan.
Fazilat Shirinova turmushga chiqqanidan keyin ijoddan uzoqlashganini, bu holatdan biroz afsuslanishini aytdi. Shunga qaramay, u bugungi hayotidan mamnunligini ham bildirdi. Aytishicha, hozir ham ba’zan o‘sha qo‘shiqlarini qo‘yib, nabirasi bilan birga kuylaydi.
U 46 yoshga yetgan bo‘lsa-da, “Non yopganda” qo‘shig‘i haligacha bog‘cha va maktablarda yangrab kelayotganidan faxrlanishini bildirdi.
Ma’lumot
Mehmon
guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar
»
Madaniyat
» “Non yopganda”ni kuylagan qiz hozir qanday ko‘rinishda?
So’nggi yangiliklar
Telegraph: Mujtabaning qattiq pozitsiyasiga shaxsiy fojea sabab
Bugun, 11:24
Yaqin Sharqdagi ziddiyatlar fonida neft narxi keskin ko'tarildi
Bugun, 11:20
Adobe Photoshop foydalanuvchilari uchun AI yordamchisini taqdim etdi
Bugun, 11:17
