Xonanda Nasafiy taxallusi bilan ijod qiluvchi Aziziddiyn Akmalov 15 fevral kuni muxlislariga yangi ijod mahsulini — “Bilsang bilarsan” nomli taronasini taqdim etdi.
Mazkur qo‘shiqning ham so‘zlari, ham musiqasi bevosita xonandaning o‘ziga tegishli bo‘lib, unda samimiy tuyg‘ular, chin muhabbat va hayotiy kechinmalar juda sodda, ammo ta’sirchan ohangda ifodalangan.
Qo‘shiq qisqa vaqt ichida tinglovchilar tomonidan iliq kutib olindi. Ko‘plab tomoshabinlar ijroni yuqori baholab, taronaning so‘zlari va musiqasi juda yoqqani, eng muhimi esa, mazmuni hayotga juda yaqin va samimiy ekani haqida izohlar qoldirishmoqda.
Klip ham tomoshabinlar e’tiborini tortdi. Unda Nasafiyning shaxsiy hayotidagi eng quvonchli va unutilmas lahza — to‘y marosimi aks etgan. Eng e’tiborlisi, ushbu tarona xonandaning turmush o‘rtog‘iga bag‘ishlab kuylangan bo‘lib, qo‘shiq orqali u suyukli yoriga bo‘lgan mehr, sadoqat va minnatdorlik tuyg‘ularini ifodalagan.
Ma’lumot
Mehmon
guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar
»
Madaniyat
» Nasafiy yangi qo‘shig‘ini taqdim etdi – “Bilsang bilarsan” yuraklarni larzaga soldi! (video)
So’nggi yangiliklar
Aleksey Nikitin hozirgi Milan o'yinini paradoks deb atadi
Bugun, 11:37
Kubarasi Flikning qattiq ohangi jamoani asraydi deb hisoblaydi
Bugun, 11:31
20 fevralda O‘zbekistonda qanday havo kutilmoqda?
