in

Nargiza Azimova yosh ko‘rinish sirini oshkor qildi

“O‘zbegimning qiziman”, “Hayron”, “Sohibqironim bor mani” kabi xit qo‘shiqlar muallifi va uslubiga sodiq xonanda Nargiza Azimova “Omon-omon” dasturi uchun intervyu berdi. U yosh ko‘rinish sirlari, o‘g‘lini turmush o‘rtog‘i deb o‘ylashlari va boshqa rangdagi liboslar kiyishi mumkinligi haqida gapirdi.

“Qo‘shiq kuylash onamdan o‘tgan”

— Onam Dilorom opa o‘zbek, fors, tojik, ozar tilida juda chiroyli qo‘shiqlar aytgan. Ammo o‘sha paytlarda ota-onasi xonanda bo‘lishga ruxsat bermagan. San’atga kirishimga bu ham sabab bo‘lgan, lekin o‘zimda ham xohish bor edi. Dalada ish qilsam ham qo‘shiq xirgoyi qilib yurardim, deydi u. Onam “mening armonlarim sening qo‘shiqlaringda” deydi.

Nargiza Azimova doimo qizil rangdagi libos kiyib, shu rangdagi ro‘mol o‘rab yuradi. Bu uning o‘zgarmas prinsipi. Muxlislar “Qachondir boshqa rangli libos kiyishingiz ham mumkinmi?” deb so‘raganda, xonanda quyidagicha javob berdi:

— Hozircha unday rejam yo‘q, ammo qachondir balki havorang libos kiyarman. Vaqt ko‘rsatadi, hozircha bilmayman, deydi Nargiza Azimova.

“Ishdan qochmayman”

— Tabiatim shundayki, kelinim uydami, yo‘qmi, qarab o‘tirmayman. Hamma ishlarni bajarib ketaman. Onam “sen shunday tug‘ilgansan” deydi. Qishloqqa borsam ham barcha ishlarimni bajaraman. Yo‘lda chiqindi ko‘rsam olib o‘taman. Ba’zi tanishlarim “nega shunday qilasiz?” deb so‘raydi. Men yosh ko‘rinishimning sababini har kuni ertalab ota-onamdan duo olishimda va farzandlarim mendan duo olishida deb bilaman, deydi u.

“To‘yda o‘g‘limni turmush o‘rtog‘im deb o‘ylashadi”

— O‘g‘lim sportchi, erkin kurash bo‘yicha O‘zbekiston chempioni. To‘y va ko‘cha-kuyda odamlar ko‘rib, “xo‘jayiningizmi?” deb so‘rashadi. Xo‘jayinim juda rashk qiladi, ehtiyot bo‘linglar, deyman. Keyin bilib qolib, “iye, o‘g‘lingiz ekan-a” deb hayron bo‘lishadi. Uch nafar nabiram bor. Bu yil katta nabiram maktabga chiqadi. Allohning menga nazari tushgan, shunga yosh ko‘rinaman, deb o‘ylayman. Qudalarim bilan ham munosabatim yaxshi, Surxondaryoga borsam xursand bo‘lib kutib olishadi. Kelinni ham Surxondaryodan olganman, qizimni ham shu yoqqa berganman. Hammasini ota-onam qilgan. Men to‘yga faqat “birrov”ga kirganman (kulib), deydi xonanda.

Ma’lumot

Mehmon

guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.

Yangiliklar

»

Madaniyat

» Nargiza Azimova yosh ko‘rinish sirini oshkor qildi

So’nggi yangiliklar

Aziza Abdullayeva karyerasi va ajrashuvi haqida so'zlab berdi

Bugun, 11:44

Isroil Bayrut markaziga havo hujumlarini amalga oshirdi

Bugun, 11:26

Eron urushi sabab Hindiston iqtisodiy inqiroz yoqasida

Bugun, 11:16