Aktrisa Muqaddas Sadullayeva ijtimoiy tarmoqlarda yana bir yangi obrazini namoyish etdi. U bu safar qirolicha uslubidagi qiyofasi bilan muxlislarini hayratga soldi.
Aktrisa o‘z sahifasida ushbu obrazdagi surat va videolarni joylab, kuzatuvchilar bilan bo‘lishdi. U post ostida “Haqiqiy qirolichaga aylanmoqchimisiz? Bir zumda go‘zalligingizni namoyon etib, qirolichalardek maftunkor ekanligingizni ko‘rsatish mumkin. Sizga ushbu ko‘rinishim yoqdimi?” deya izoh qoldirgan.
Muqaddas Sadullayevaning yangi qiyofasi muxlislar tomonidan iliq kutib olindi. Ko‘pchilik aktrisaning yangi uslubini yuqori baholab, uning obrazi juda chiroyli va o‘ziga xos chiqqanini ta’kidlamoqda.
Aktrisaning mazkur obrazi ijtimoiy tarmoqlarda tez tarqalib, muxlislar orasida keng muhokama qilinmoqda. Ko‘plab kuzatuvchilar uning yangi yo‘nalishdagi uslubini olqishlab, ijodiy ishlariga omad tilashmoqda.
Ma’lumot
Mehmon
guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar
»
Madaniyat
» Muqaddas Sadullayeva qirolicha obrazida ko‘rinish berdi
So’nggi yangiliklar
Havo harorati ko'tarilishi o'g'il bolalar tug'ilishini kamaytirmoqda
Bugun, 12:03
Yulduz Rajabova va Emre Kıvıljimdan kutilmagan fotolar:
Bugun, 11:48
