in

“Muhtasham yuz yil” seriali kadr ortida yuz bergan shov-shuvli mojarolar

Sulton Sulaymonning kenja va suyukli singlisi — Xadicha Sulton obrazini yaratgan aktrisa Selma Ergench 1 noyabr kuni 46 yoshga to‘ldi. Bugun mashhur aktrisaning biografiyasi haqida emas, balki uni dunyoga mashhur qilgan “Muhtasham yuz yil” seriali haqidagi qiziqarli ma’lumotlar bilan tanishtirishga qaror qildik. Quyida tarixiy serialni suratga olish vaqtida aktyorlar orasida yuz bergan eng shov-shuvli mojarolarni ko‘rib

chiqamiz

.

Bergyuzar Korelning doimiy rashki

Sulton Sulaymon rolini ijro etgan aktyor — Halit Ergenchning turmush o‘rtog‘i Bergyuzar Korel uni doimiy rashk qilib kelgan va suratga olish maydoniga kelib, bir necha bor janjallar ko‘targan. Sulaymon va Xurramning muhabbat qissasi ekranda shunchalik ishonarli chiqqan ediki, buni ko‘rgan Korel doimiy janjallari bilan rejisssyorlar ishini murakkablashtirgan.

Aktrisaning o‘zini bunday tutishiga yetarlicha asos bor edi. Chunki 2006 yilda u “1001 kecha” teleserialida oilali Halit Ergench bilan partnyor bo‘lgan. Suratga olish davomida hamkasblar o‘rtasida romantika boshlangan va Ergench bir yil avval turmush qurgan rafiqasi bilan darhol ajrashib, Bergyuzarga uylangan. Uzoq yillar davomida Korel birovning oilasini buzgan benomus ayol sifatida ko‘rilgan.

Ma’lum vaqt o‘tib, “Muhtasham yuz yil” serialiga rejissyorga yangi qahramon qo‘shishga majbur bo‘ladi va shu tariqa Korel ishtirokidagi yangi obraz — Monika Gritti roli paydo bo‘ladi.

Ozan Gyuven va Merem Uzerli munosabatlari

Serialni suratga olish paytida Merem Uzerli Rustam Posho rolini ijro etgan aktyor — Ozan Gyuven bilan ishqiy munosabat qura boshlagan. Ular o‘rtasida kuchli rishta borligi serial lavhalarida keragidan ortiq energiya borligi bilan sezilib qolgan. Bu esa tarixiyda Rustam posho Mehrimohni emas, balki Xurramni — o‘z qaynonasini sevishi haqidagi nazariyalar to‘lqinini keltirib chiqargan.

Natijada “Muhtasham yuz yil” prodyuserlari ularning ishqiy munosabatlariga majburan chek qo‘ygan. Turkiya matbuotida esa uzoq vaqt davomida Merem Uzerli aynan Ozan Gyuvendan birinchi qizini dunyoga keltirgani haqida mish-mishlar tarqalgan.

Merem Uzerlining loyihani tark etishi

Aktrisa suratga olish maydonchasida kuniga 14 soatlab ishlagani tufayli u hissiy jihatdan charchay boshlagan. Merem Uzerlining o‘zi tan olganidek, qahramonning haramga kirishining birinchi epizodlarini suratga olish paytidanoq, u tom ma’noda saroy devorlari unga bosim o‘tkazayotganini his qilgan. Aktrisaning so‘zlariga ko‘ra, u ba’zida haqiqiy Merem va ekrandagi Xurram o‘rtasidagi chegara qayerda ekanligini tushunolmagan va aqldan ozganini his qilgan. Qolaversa, u homilador bo‘lib qolgan, bolaning otasi esa Meremni shu holatda tashlab ketgan.

Uzerli hamma narsadan shunchalik charchaganki, uchinchi mavsumdan keyin loyihani tark etgan. To‘rtinchisida uning o‘rnini hamkasbi Vohide Perchin egalladi. Aktrisa hech kimga indamay, Berlinga ketib qoldi. Serial ijodkorlari undan juda g‘azablanishdi. Film prodyuseri aktrisa butun jamoani mavhum vaziyatda qoldirganini aytgan:

Meyrem butun jamoaning ishonchini poymol qildi, barcha ish rejalarini buzdi. Keyinroq u akasi orqali men bilan bog‘lanib, muzokara olib borishga harakat qildi. Merem qaytishga tayyor edi, lekin men rad javobini berdim: yo‘q, hammasi tugadi, qaytib kelishingiz shart emas

”, degan Timur Savji.

Gyurbey Ileli munosabatlari

Shahzoda Mehmed obrazini gavdalantirgan yosh aktyor sevib qoldi va Aybige Xotun rolini ijro etgan Ezgi Eyubo‘g‘lu bilan uchrasha boshladi. Serial muxlislari juftlik uchun chin dildan xursand bo‘ldi va ularning turmush qurishiga ko‘pchilik ishonar edi.

Ammo Gurbey bevafo chiqdi: mish-mishlarga ko‘ra, Ezgi uni serialdagi boshqa aktrisalar bilan shubhali munosabatlarini kechira olmagan. Yoki yigit “kanizaklar” bilan uchrashuv paytida ko‘rib qolishgan. Shu sababli aktyorlar serialning davomida qiyinchilik bilan birga ishlashga majbur bo‘lgan.

Filiz Ahmetga qilingan hujum

Turk seriallarining ayrim ashaddiy muxlislari aktyor va u o‘ynagan qahramonni real hayotdan ajrata olmaydi. Nigora Kalfa obrazini yaratgan Filiz Ahmrt ham ana shunday muammoga duch keldi. Syujetga ko‘ra, Ibrohim poshoning oilasini barbod qilgan, shuning uchun ko‘pchilik tomoshabinlar uning qahramonini kechira olmagan. Kunlarning birida Filizga ana shunday muxlislardan biri hujum qildi. Voqea Istanbuldagi markaziy maydonda sodir bo‘ldi va aktrisaning o‘sha qizning bunday nojo‘ya xatti-harakatlaridan hayratda qoldi:

U nim tabassum bilan yonimga keldi va u mening muxlisim ekanligini va bir necha oylardan beri men bilan uchrashishga harakat qilayotganini aytdi. So‘ng birdan uning yuz ifodasi o‘zgardi va u menga dahshatli iljayishni boshladi. Keyin u menga qichqira boshladi va ko‘kragimdan itarib yubordi. So‘zlaridan u mendan, aniqrog‘i Nigordan nafratlanishini tushundim va juda qo‘rqib ketdim

”, dedi Filiz Ahmet.

Voqea sodir bo‘lgan joyda Filiz dugonasi bilan birga edi, uning do‘sti Filizni tajovuzkor muxlisdan olib ketish uchun taksi chaqirdi. Ular mashinaga o‘tirsa ham, janjal ko‘targan qiz tinchlanmadi va jahl bilan mashinani urib, haqorat qilishda davom etdi. Muammo politsiya yordami bilan hal bo‘lgan.

Vahide Perchinning doimiy haqoratlarga chidashi

Merem Uzerli loyihadan ketib qolgach, uning o‘rnini Vahide Perchin egalladi. Aktrisaning o‘zi avvaliga Roksolana obrazidan voz kechmoqchi bo‘lgan, chunki “Muhtasham yuz yil” dagi ishlash davri uning hayotidagi eng og‘ir va muammoli davrlardan biriga aylangan. Perchinga muntazam ravishda haqorat va nafratli izohlar otilgan.

Film muxlislari uni xunuk, qari, semiz va qo‘rqinchli ayol deb atashgan, bu esa, uning hissiy holatiga jiddiy ta’sir qilgan. Shunga qaramay, Vahide ekranda ancha dono, bosiq, ammo baribir ayyorligicha qolgan Xurram obrazini munosib tarzda gavdalantira olgan.

Yangiliklar

»

Madaniyat

» “Muhtasham yuz yil” seriali kadr ortida yuz bergan shov-shuvli mojarolar

(function(w,d,n,s,t){w[n]=w[n]||[];w[n].push(function(){Ya.Context.AdvManager.render({blockId:”R-A-483496-5″,renderTo:”yandex_rtb_R-A-483496-5″,async:true});});t=d.getElementsByTagName(“script”)[0];s=d.createElement(“script”);s.type=”text/javascript”;s.src=”//an.yandex.ru/system/context.js”;s.async=true;t.parentNode.insertBefore(s,t);})(this,this.document,”yandexContextAsyncCallbacks”);

So’nggi yangiliklar

Qodirov qizini «Donbass bilan aloqalarni mustahkamlagani» uchun mukofotladi

Bugun, 12:08, Dunyo