Xonanda Maftuna Xolmurodova «Shokuz» loyihasidagi suhbati davomida ilk gonorari, ijodiy yo‘li va daromadlari haqida ochiqchasiga fikr bildirdi.
Suhbat chog‘ida undan birinchi topgan puli qayerdan bo‘lgani so‘ralganda, xonanda bu to‘y xizmatlaridan kelganini aytdi:
«Birinchi daromadim to‘ylardan bo‘lgan. O‘sha paytlarda hatto televideniyaga ham chiqmagan edim. To‘ylar juda ko‘p bo‘lardi, mashinaning orqasi pulga to‘lib ketardi. Kelib bemalol kontraktimni to‘lardim. O‘shanda pullar ham juda yaxshi edi», — deydi u.
Maftunaning aytishicha, u «Aktyor» loyihasida ishtirok etgunga qadar asosan to‘ylarda faoliyat yuritgan. Keyinchalik esa suratga olish ishlari ko‘paygani sababli to‘ylarga kamroq borishga majbur bo‘lgan.
Shuningdek, u ilk faoliyati davrida asosan viloyatlarda xizmat ko‘rsatganini ham eslab o‘tdi:
«Vohada — Qashqadaryo, Samarqand tomonlarda ko‘p yurardim. Karantindan oldin Navro‘z bayramlari juda ko‘p bo‘lardi. Kuniga 2–3 ta bayram tadbirlarida ishtirok etgan paytlarim ham bo‘lgan», — deydi xonanda.
Suhbat davomida uning oylik daromadi haqida ham savol berildi. Maftuna bu borada ham ochiq javob qaytardi:
«Avval qancha topganimni aniq eslay olmayman. Lekin hozir, agar to‘ylar yaxshi bo‘lsa, bir oyda 5000–6000 dollar atrofida daromad topaman. Lekin shu pulning 80 foizi yana ijodga sarflanadi», — dedi u.
Xonandaning ochiq va samimiy javoblari muxlislar tomonidan qiziqish bilan qabul qilinmoqda.
Ma’lumot
Mehmon
guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar
»
Madaniyat
» Maftuna Xolmurodova to‘ylardan bir oyda qancha topishini ma’lum qildi (video)
So’nggi yangiliklar
Ramazon hayiti kuni ob-havo syurpriz qiladi: ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda
Bugun, 11:59
O'zbekiston hayit namozi vaqtlarini e'lon qildi
Bugun, 11:59
Zuhra Soliyeva: “Farzandli bo‘lish uchun 4 yil kurashdim” (video)
Bugun, 11:00
