Xonanda Imron o‘z muxlislarini navbatdagi yangi ijod mahsuli — “Lolamsan” qo‘shig‘i bilan quvontirdi.
Ma’lum bo‘lishicha, taronaning rasmiy premyerasi 14 fevral kuni YouTube platformasida soat 18:00 da tomoshabinlarga taqdim etildi.
Qo‘shiq matni shoir Tohir Xolmuhammedov qalamiga mansub bo‘lib, taronaning musiqasi Oybek To‘xtayev tomonidan yaratilgan.
Shuningdek, “Lolamsan” qo‘shig‘i uchun suratga olingan klipda bir qator taniqli ijodkorlar ishtirok etgan. Jumladan, videoroldagi obrazlarni
Mehriddin Rahmatov,
Nargiza Abdullayeva,
Shahzod Sultonov,
Sevila Xudoyberganova,
Ma’rufxon Muhammedov,
Sardor Zokirov hamda
Farruh Mirzayev jonlantirgan.
Imron o‘ziga xos ijro uslubi orqali tinglovchini hislar olamiga olib kiradi. Har bir misrada mehr, har bir notada yurak urishi seziladi. Qo‘shiq sevgan insonini hayotining eng go‘zal qiyosi “Lola”ga tenglaydigan romantik obraz atrofida qurilgan.
Mazkur tarona muxlislar tomonidan iliq kutib olindi va qisqa fursat ichida ko‘plab tomoshalarga ega bo‘ldi.
[media=[media=https://youtu.be/tXmesALtrpo?si=SS2FtQkh18lMLlXw]]
Ma’lumot
Mehmon
guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar
»
Madaniyat
» Imronning “Lolamsan” taronasi muxlislar qalbidan joy oldi (video)
So’nggi yangiliklar
Lion Nitsani mag'lub etib, g'alabalar seriyasini uzaytirdi
Bugun, 11:52
Romano Milan Barselona himoyachisiga qiziqishini tasdiqladi
Bugun, 11:45
Bellingem faoliyatidagi eng og'ir alamini aytib berdi
