Xitoyda Oy kalendari bo‘yicha nishonlanadigan Yangi yil arafasida
Garry Potter
filmidagi mashhur obraz —
Drako Malfoy
kutilmaganda bayram ramziga aylandi. Aktyor
Tom Felton
ijro etgan bu qahramonning surati tushirilgan bezaklar va tabriknomalar ijtimoiy tarmoqlar hamda onlayn savdo saytlarida ommalashmoqda.
Bunga sabab —
Drako Malfoy ismining xitoy tilidagi tarjimasi
bo‘lib, u “Ma-er-fu” deb talaffuz qilinadi. Ushbu ifoda esa xitoy tilida
“ot” va “omad”
so‘zlariga yaqin eshitiladi. Bu holat 2026-yil —
Ot yili
uchun ayni muddao timsol sifatida qabul qilinmoqda.
Xitoyda odatga ko‘ra, Yangi yil bayrami oldidan uy eshiklariga
farovonlik, baxt va omad tilovchi yozuvlar
ilib qo‘yiladi. Bu yil esa ko‘plab xonadonlar
Drako Malfoy obrazidagi suratlar bilan
bezatilmoqda.
Yirik elektron savdo maydonlaridan biri —
Taobao
platformasida Malfoy obrazidagi
stikerlar, magnitlar va dekorlar
faol sotilmoqda. Trend esa aktyor Tom Feltonning ham e’tiboridan chetda qolmadi. U Instagram sahifasida “Drako Malfoy Xitoy Yangi yilining ramziga aylangani” haqida
story
joylashtirdi.
Ma’lumot
Mehmon
guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar
»
Madaniyat
» “Garry Potter” filmidagi mashhur obraz qahramoni Xitoyda Yangi yil ramziga aylandi
So’nggi yangiliklar
8 martga bag‘ishlangan “E’zozdasiz ayollar” gala konserti
Bugun, 23:04
Olimlar surunkali bel og‘rig‘iga qarshi oddiy yechim topdi
Bugun, 22:53
