in

Feruza Yusupova 8 mart bayramiga turmush o‘rtog‘idan o‘ziga xos sovg‘a so‘radi

Aktrisa Feruza Yusupova 8 mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan turmush o‘rtog‘idan o‘ziga xos sovg‘a so‘radi. U ijtimoiy tarmoqlarda joylagan videosi orqali bu haqda muxlislariga so‘zlab berdi.

Aktrisaning aytishicha, u bayram sovg‘asini oldindan qabul qilib bo‘lgan. Videoda Feruza Yusupova do‘konda o‘ziga sport kiyimlarini tanlayotgani aks etgan.

Ma’lum bo‘lishicha, aktrisaning turmush o‘rtog‘i uning tanlovini qo‘llab-quvvatlab, o‘ziga yog‘gan barcha sport kiyimlarini sovg‘a sifatida xarid qilib bergan. Shu bilan birga, ushbu xaridlar 8-mart bayramiga bag‘ishlangan sovg‘a ekanini ham ta’kidlagan.

Feruza Yusupovaning mazkur videosi muxlislar orasida iliq qabul qilindi. Ko‘pchilik aktrisaning tabiiyligi va oddiy sovg‘a tanlovini ijobiy baholab, unga bayram munosabati bilan ezgu tilaklar bildirmoqda.

Ma’lumot

Mehmon

guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.

Yangiliklar

»

Madaniyat

» Feruza Yusupova 8 mart bayramiga turmush o‘rtog‘idan o‘ziga xos sovg‘a so‘radi

So’nggi yangiliklar

Yulduz Rajabova va Emre Kıvıljimdan kutilmagan fotolar:

Bugun, 11:48

Ispaniya chempionatida to'plarga maxsus chiplar o'rnatiladi

Bugun, 11:45

Apple iOS 26.4 yangilanishi va yangi emojilar taqdim etildi