Alisher Fayz “13-studiya” loyihasida mehmon sifatida ishtirok etib, o‘z hayotidagi ta’sirli xotiralar bilan o‘rtoqlashdi.
Suhbat davomida boshlovchi xonandaga uning bolalik yillari haqida savol berdi. Uning ta’kidlashicha, Alisher Fayz 10 yoshida Toshkent shahriga kelib, tengdoshlariga nisbatan ancha erta mustaqil hayotga qadam qo‘ygan.
“O‘sha paytda siz uchun eng og‘ir bo‘lgan jihat nima edi? Nimani ko‘proq sog‘ingansiz?” — degan savolga xonanda biroz o‘ylanib, ho‘rsingan holda javob qaytardi:
“Bola bo‘lishni”, — dedi u qisqa va samimiy tarzda.
U so‘zini davom ettirar ekan, hayot uni erta ulg‘ayishga majbur qilganini ta’kidladi:
“Hayot shunday ekan. Tezroq katta bo‘lishga to‘g‘ri kelgan”, — dedi xonanda.
Mazkur iqror ko‘plab muxlislarni befarq qoldirmadi. Ijtimoiy tarmoqlarda foydalanuvchilar xonandaning samimiy so‘zlarini qo‘llab-quvvatlab, har bir insonning taqdiri turlicha sinovlar bilan boy ekanini ta’kidlashmoqda.
Ma’lumot
Mehmon
guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar
»
Madaniyat
» Erta ulg‘aygan Alisher Fayzning dardli iqrori
So’nggi yangiliklar
26 mart oltin quymalarning sotuv narxlari e'lon qilindi
Bugun, 11:49
Didiye Desham Fransiya termasidagi o‘rinbosar haqida norozi fikr bildirdi
Bugun, 10:55
Milliardlab dollarlik investitsiyalar: yangi iqtisodiy imkoniyatlar eshigi
Bugun, 10:48
