Amerikaning Billboard jurnali so‘nggi 25 yil ichida eng mashhur estrada yulduzlari reytingini tuzdi. Unga ko‘ra, xonanda Beyonse 21-asrning eng buyuk pop yulduzi deb e’lon
qilindi
.
Billboard nashrining ta’kidlashicha, qirolicha Bi mukofotlar soni bo‘yicha rekordchiga aylandi: Beyonse 32 karra “Gremmi” va 27 marta Billboard Music Awards mukofoti sovrindori bo‘lgan.
Ikkinchi o‘rinni xonanda Teylor Svift egalladi.
“
Internetda mazkur reyting bo‘yicha turli bahs va munozaralar vujudga kelishi tabiiy, chunki Teylor Sviftning g‘oliblik marrasidan bir qadam ortda bo‘lishi uning yanada kuchli ekanligidan dalolat beradi
”, deb yozadi Billboard.
Mashhur jurnalning Beyonsega birinchi o‘rinni berish haqidagi xabar bir zumda ijtimoiy tarmoqlar va ekspertlar orasida tanqidga uchradi. Bunga san’atkorning so‘nggi yillarda turli mojarolar ishtirokchisiga aylangani, jumladan, hozirda jinsiy zo‘ravonlik va tajovuzkorlik uchun sudlanayotgan reper P.Diddi bilan do‘stligi sabab bo‘lgan.
Bundan tashqari, Billboard ro‘yxatida ikkinchi o‘rinni egallagan Teylor Sviftning muxlislari bu qarordan qattiq norozi bo‘ldi, chunki musiqiy reytinglar va chartlarga ko‘ra, u xonanda dunyodagi eng mashhur va yuqori reytingli pop yulduz hisoblanishi kerak edi. Ammo nashrning fikriga ko‘ra, Svift hali juda yosh va sahnaga raqibiga qaraganda kechroq chiqqan.
XXI asrning eng buyuk estrada yulduzlari reytingida uchinchi va sharafli o‘rin xonanda Riannaga nasib etdi. Jami 25 nafar erkak va ayol xonandalar ning musiqa sanoatiga qo‘shgan hissasi e’tirof etildi. So‘nggi o‘rinlarni Bad Bunny, Ed Shiran va Keti Perri oldi. Dreyk va Rianna kabi mashhur yulduzlar yuqori o‘rinlar uchun kurashdi.
Billboard ma’lumotlariga ko‘ra, asrimizning eng yaxshi o‘nta san’atkori quyidagilardir:
1. Beyonse
2. Teylor Svift
3. Rianna
4. Dreyk
5. Ledi Gaga
6. Britni Sprs
7. Kane Uest
8. Jastin Biber
9. Ariana Grande
10. Adel
Mavzuga oid yangiliklar