3 aprel kuni soat 18:00 da poytaxtdagi
Milliy kino san’ati saroyi
da mashhur o‘zbekistonlik bokschi Bahodir Jalolov hayoti va sportdagi yorqin faoliyatiga bag‘ishlangan
“Yengilmas — Tokioga yo‘l”
nomli badiiy filmning tantanali premyerasi bo‘lib o‘tadi.
Mazkur kartina sport muxlislari va kino ixlosmandlari uchun alohida qiziqish uyg‘otishi kutilmoqda. Filmda Bahodir Jalolovning ringdagi mashaqqatli yo‘li, katta musobaqalarga tayyorgarlik jarayoni, yutuqlari hamda ulkan maqsadlar sari qat’iyat bilan intilishi keng yoritilgan.
Ma’lumot o‘rnida aytish joiz, Bahodir Jalolov o‘zbekistonlik eng taniqli bokschilardan biri hisoblanadi. U ikki karra jahon chempioni va ikki karra Olimpiada o‘yinlari g‘olibi sifatida sport tarixida o‘z nomini muhrlab qo‘ygan. Bundan tashqari, u bir necha bor Osiyo chempionatlarida ham chempionlikni qo‘lga kiritib, yurtimiz sporti nufuzini xalqaro maydonda yuksaltirib kelmoqda.
Filmda sportchining oddiy bosqichlardan boshlanib, dunyo miqyosidagi yutuqlarga erishgan yo‘li, sabr-toqat, mehnat va kuchli iroda orqali qanday natijalarga erishgani tasvirlanadi. Mutaxassislar fikricha, ushbu film nafaqat sportchilar, balki yosh avlod uchun ham ilhom manbai bo‘lishi mumkin.
Ma’lumot
Mehmon
guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar
»
Madaniyat
» Bahodir Jalolovning g‘alabali yo‘liga bag‘ishlangan film taqdim etiladi
So’nggi yangiliklar
O'zbekiston fuqarosi og'ir ahvolda qolmoqda
Bugun, 11:31
Rossiya hududlari tungi hujumlar bo'lganini bildirdi
Bugun, 11:21
"Manchester Siti" – "Real" javob uchrashuvi uchun taxminiy tarkiblar…
Bugun, 11:17
