Zuhra Soliyeva — ko‘pchilikka quvnoq va kulgili obrazlari orqali tanish aktrisalardan biri. U ekranda doimo kulgu ulashsa-da, hayotdagi og‘ir sinovlari haqida har doim ham gapiravermaydi.
Aktrisa MY5 telekanaliga bergan intervyusida o‘z hayotidagi og‘ir va achchiq haqiqatlarni ilk bor ochiq bayon qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, turmushidagi to‘rt yil davomida deyarli biror lahza ham xotirjamlik bo‘lmagan:
“4 yil yashagan bo‘lsam, 4 sekund ham tinchlik bo‘lmadi. Urib, tepib, pullarimni olib qo‘yardi. Hatto uyda bo‘lmagan paytlarimda uyga qizlarni olib kelardi. Shunday og‘ir sharoitda yashadim”, — deydi aktrisa.
Zuhra Soliyevaning aytishicha, janjallarning asosiy sababi farzand masalasi bo‘lgan:
“Ko‘pincha farzandli bo‘l deb bosim qilardi. Hatto ba’zi paytlar, stol ustiga 500 dollar qo‘ysang shunda farzandli qilaman derdi. Men esa shunga ham rozi bo‘lib, pul berganman. Ammo u pulni olib, ertalabgacha yo‘qolib ketardi”, — deb xotirlaydi u.
Aktrisa shuningdek, ijtimoiy tarmoqlardagi ayrim izohlarga ham munosabat bildirdi. U kuzatuvchilardan “Nega farzandli bo‘lmayapsiz? Nega tug‘maysiz? Tezroq farzandli bo‘ling” kabi savollar bilan qalbini og‘ritmaslikni so‘radi.
“Men sog‘lom ayol edim. Menga faqat mehr kerak edi, xolos. Agar o‘sha payt bilganimda, yoshim 80 ga kirsa ham bunday insonga turmushga chiqmasdim”, — deya so‘zlarini yakunladi aktrisa.
Ma’lumot
Mehmon
guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar
»
Madaniyat
» “4 yilda 4 sekund ham tinchlik bo‘lmadi…” — Zuhra Soliyeva og‘ir hayotini ochiqladi
So’nggi yangiliklar
O‘rta Chirchiqda ayol va ikki oila a’zosi is gazidan vafot etgani ma’lum qilindi
Bugun, 12:08
Nurafshondan Toshkentga tezyurar avtobus tizimi joriy etiladi
Bugun, 12:02
25 mart oltin quymalarning sotuv narxlari e'lon qilindi
Bugun, 11:42
