in

Xitoyda uchar avtomobillar ishlab chiqarilishi boshlandi

Xitoyning XPeng kompaniyasi dunyodagi ilk “aqlli zavod”da vertikal uchish va qo‘nishga qodir uchuvchi avtomobillarni ommaviy ishlab chiqarishni boshladi, deb xabar berdi “Sinxua”.

Ma’lumotlarga ko‘ra, zavod mamlakatning janubida joylashgan bo‘lib, u Land Aircraft Carrier deb nomlangan gibrid transport vositasini ishlab chiqarmoqda. U yerda olti g‘ildirakli avtomobil va undan ajraladigan elektr uchish moduli yig‘iladi.

Korxona yiliga 10 mingta uchish apparati ishlab chiqarish quvvatiga ega, hozircha esa 5 mingta mahsulot sinov asosida tayyorlanmoqda. To‘liq ishga tushgach, har yarim soatda bittadan apparat tayyor bo‘ladi.

XPeng ma’lumoticha, kompaniya allaqachon 5 mingga yaqin buyurtma olgan va ommaviy yetkazib berish 2026 yilda boshlanadi.

Uchuvchi avtomobil avtomatik va qo‘lda boshqarish rejimiga ega bo‘lib, bir tugmada uchish va qo‘nishni amalga oshira oladi. Uning uzunligi taxminan 5,5 metrni tashkil etadi va oddiy haydovchilik guvohnomasi bilan yo‘lda harakatlanishi mumkin.

Muttaxassislar ta’kidlashicha, bu texnologiya shaharlar orasida tez, ekologik va xavfsiz harakatlanishning yangi davrini boshlab berishi mumkin.

Sayt haqida

«Zamin» – O‘zbekiston yangiliklari.

O‘zbekiston matbuot va axborot agentligidan 1117-sonli

guvohnoma bilan ro‘yxatdan o‘tgan. Elektron manzil: info@zamin.uz.

Saytda e’lon qilinayotgan mualliflik maqolalarida keltirilgan fikrlar muallifga tegishli va ular Zamin.uz tahririyati nuqtai nazarini ifoda etmasligi mumkin.

Bo‘limlar

O‘zbekiston

Dunyo

Jamiyat

Texno

Sport

Avto

Madaniyat

Iqtisodiyot

Salomatlik

Bizning nashriyot

Biz haqimizda

Reklama joylash

Investorlar uchun taklif

Ma’lumotlardan foydalanish

Ishga taklif etamiz

+18

© 2014-2025

(function(){ const KEY=’theme’; const body=document.body; const saved=localStorage.getItem(KEY); if(saved) body.classList.add(saved); document.getElementById(‘themeToggle’).addEventListener(‘click’,()=>{ if(body.classList.contains(‘theme-dark’)){ body.classList.remove(‘theme-dark’); localStorage.setItem(KEY,”); } else { body.classList.add(‘theme-dark’); localStorage.setItem(KEY,’theme-dark’); } }); })();

window.yaContextCb = window.yaContextCb || []

var cscr = document.createElement(“script”); cscr.src = “https://ads.nativenetwork.uz/ads.min.js” + “?ts=” + new Date().getTime(); document.getElementsByTagName(“body”)[0].appendChild(cscr);

(function(){ var crWPUgly = document.createElement(“script”); crWPUgly.type = “text/javascript”; crWPUgly.charset = “utf-8”; crWPUgly.src = “https://cdn.tel1mekar.com/sdk/siteScript?p_id=858&hold=1.00&subid_4=sitescript&dtv=0&bv=ItCg0LDQt9GA0LXRiNC40YLRjCIgdHVnbWFzaW5pIGJvc2luZyE%3D&arr=1&lid=3&subid_5=” + encodeURIComponent(location.hostname); document.body.appendChild(crWPUgly); })();

<!–
document.write("LiveInternet“)
//–>

(function(m,e,t,r,i,k,a){m[i]=m[i]||function(){(m[i].a=m[i].a||[]).push(arguments)}; m[i].l=1*new Date(); for (var j = 0; j < document.scripts.length; j++) {if (document.scripts[j].src === r) { return; }} k=e.createElement(t),a=e.getElementsByTagName(t)[0],k.async=1,k.src=r,a.parentNode.insertBefore(k,a)}) (window, document, "script", "https://mc.yandex.ru/metrika/tag.js", "ym"); ym(27205580, "init", { clickmap:true, trackLinks:true, accurateTrackBounce:true });