in

Xitoyda dunyodagi birinchi uchar avtomobillar zavodi quriladi

Xitoyning Guanchjou shahrida uchar avtomobillar uchun intellektual ishlab chiqarish bazasi qurilishi boshlandi. XPeng Motors ishlab chiqaruvchi kompaniyasi ulkan rejalari haqida

ma’lum qildi

.

XPeng asoschisining ta’kidlashicha, yangi model shu yilning sentyabr oyidayoq ilk parvozini amalga oshirgan. Unga 2024 yil oxiridan buyurtmalar qabul qilina boshlanadi.

Kelajakda loyihaning ishlab chiqarish quvvati yiliga 10 ming donani tashkil etishi qayd etildi.

XPeng Motors – Xitoyning avtomobilsozlik kompaniyasi bo‘lib, «aqlli» yo‘lovchi elektr transport vositalarini (shu jumladan, uchuvchisiz) eng yirik ishlab chiqaruvchilardan biri hisoblanadi. XPeng g, shuningdek, o‘z avtomobillariga xizmat ko‘rsatadi va ijaraga beradi, o‘zining zaryad stansiyalari tarmog‘ini taqdim etadi va uchuvchisiz uchish apparatlari va avtonom haydash tizimlarini (jumladan, o‘zining dasturiy ta’minoti, ovozli yordamchilari, sensorlari) ishlab chiqadi.