Adliya vazirligida “salomatligi xavfsizlik kamari taqish imkonini bermaydigan kasalliklar” ro‘yxati davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Endi belgilangan tibbiy holatlarga ega shaxslar xavfsizlik kamari taqish talabidan qonuniy ravishda ozod etiladi.
Qayd etilishicha, mazkur kasalliklar bo‘yicha QR-kodli tibbiy ma’lumotnoma “Elektron sog‘liqni saqlash” axborot tizimi orqali bemor biriktirilgan birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasasi yoki davolangan davlat tibbiyot muassasasi tomonidan bepul beriladi.
Ro‘yxatga jami 20 turdagi kasallik va holatlar kiritilgan. Ular quyidagi asosiy guruhlarni qamrab oladi:
Jarohatlar va sinishlar: o‘mrov, to‘sh suyagi, yelka kamari, qovurg‘alar va umurtqa pog‘onasi sinishlari.
Nafas olish tizimi: o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligi va bronxial astmaning IV bosqichi, shuningdek, o‘pkaning bir qismi yoki butunlay olib tashlangan holatlar.
Yurak-qon tomir tizimi: surunkali yurak yetishmovchiligining III va dekompensatsiya bosqichi, og‘ir infarkt va ishemiya holatlari.
Jismoniy holatlar: III darajali (morbid) semizlik — tana massasi indeksi 40 dan yuqori.
Antropometrik holat: bo‘yi 150 santimetrdan past bo‘lgan shaxslar (nanizm).
Mutaxassislar ta’kidlashicha, mazkur tartib xavfsizlik kamari taqish sog‘liq uchun jiddiy xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan holatlarda inson salomatligini himoya qilishga qaratilgan.
Ma’lumot
Mehmon
guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar
»
Avto
» Xavfsizlik kamari taqishdan kimlar ozod etiladi? Rasmiy ro‘yxat ochiqlandi
So’nggi yangiliklar
8 martga bag‘ishlangan “E’zozdasiz ayollar” gala konserti
Bugun, 23:04
Olimlar surunkali bel og‘rig‘iga qarshi oddiy yechim topdi
Bugun, 22:53
O‘zbekiston U-16 Xitoyga qarshi ikkinchi o‘yinda yutqazdi
