in

VW tarixdagi eng texnologik krossover sotuvga chiqmoqda

Volkswagen ishqibozlari yaqin kunlarda brend tarixdagi eng ilg‘or krossover guvohiga aylanishadi. Era 9X modelining predprodaj jarayonlari shu oydanoq boshlanishi kutilmoqda.

Xitoyning SAIC kompaniyasi bilan hamkorlikda yaratilgan ushbu model texnik jihatdan ancha boyitilgan. Unga 530 ot kuchiga ega ikkita elektr motori va 141 ot kuchli 1.5T DVS (faqat generator vazifasini bajaradi) o‘rnatilgan. 65 kVt/soat hajmdagi NMC batareyasi 400 km masofani bosib o‘tish imkonini beradi. Avtomobil qo‘shaloq pnevmatik osma va orqa g‘ildiraklarning burilish tizimi bilan jihozlangan.

Salon hashamati jihatidan Era 9X hatto Audi Q7 ni ham ortda qoldirishi aytilmoqda. Vazni 2600 kg bo‘lishiga qaramay, u 100 km/soat tezlikka taxminan 4.5 soniyada chiqadi. Bunday quvvat va hashamat fonida yonilg‘i sarfi oddiy DVS avtomobillaridan ikki baravar kamligi katta yutuqdir.

Ma’lumot

Mehmon

guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.

Yangiliklar

»

Avto

» VW tarixdagi eng texnologik krossover sotuvga chiqmoqda

So’nggi yangiliklar

Qatarda Eron josuslari qo‘lga olindi: Al-Udayd bazasi o‘qqa tutildi

Bugun, 11:35

Mo‘jtaba Xominaiy haqidagi xabarlar Eronda yangi savollar tug‘dirdi

Bugun, 11:12