Toshkent viloyatining ayrim yo‘llarida transport vositalarining harakatlanish tezligi
80 km/soatgacha pasaytiriladi
. Bu haqda
2 fevral kuni
Xalq deputatlari Toshkent viloyati kengashi qaror qabul qilganini e’lon qildi.
Qarorga ko‘ra, bu cheklov
D 012 “Bektemir–Chirchiq–G‘azalkent–Chorbog‘ qo‘rg‘oni”
avtomobil yo‘lining
19–74 km oralig‘idagi
muayyan qismlarida amaliyotga joriy etiladi. Chunki 2025 yilda aynan shu oraliqda
63 ta yo‘l-transport hodisasi
sodir bo‘lgan,
15 kishi vafot etgan
,
50 kishi tan jarohati olgan
.
Mutasaddilar tez-tez sodir bo‘layotgan halokatlar sabab bu yo‘lning
aholi yashamaydigan
6 ta hududida harakat tezligini
100 km/soatdan 80 km/soatgacha
tushirishni maqsadga muvofiq deb topgan. Bu chora yo‘lovchilar xavfsizligini oshirish, YTHlarning oldini olishga qaratilgan.
Qamrab olingan aniq manzillar quyidagilardan iborat:
– 19–20 km,
– 44–45 km,
– 49–50 km,
– 61–62 km,
– 64–65 km,
– 71–74 km oralig‘i.
Bu hududlar
Yuqori Chirchiq
va
Bo‘stonliq tumanlari
orqali o‘tuvchi yo‘l kesimlaridir. Endilikda 3.24 belgisi —
“Yuqori tezlik cheklangan” (80 km/soat)
yo‘l belgilari ushbu nuqtalarda o‘rnatiladi.
Ma’lumot
Mehmon
guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar
»
Avto
» Toshkent–Chorvoq yo‘lida tezlik 80 km/soatgacha tushirildi
So’nggi yangiliklar
Olimlar surunkali bel og‘rig‘iga qarshi oddiy yechim topdi
Bugun, 22:53
O‘zbekiston U-16 Xitoyga qarshi ikkinchi o‘yinda yutqazdi
Bugun, 22:45
Olimlar dorilarsiz qon bosimini qanday tushirish usulini topdi
