in

Tesla Kanadadagi avtosalondan chiqarib yuborildi

Tesla

kompaniyasi Kanadaning Vankuver shahrida o‘tayotgan avtosalondan chiqarib yuborildi, deb

xabar berdi

Tengri Auto, “Za rulem” portaliga tayanib.

Tashkilotchilar brend avtomobillarini ekspozitsiyadan olib tashlash orqali salbiy oqibatlarning oldini olishni maqsad qilganini bildirdi. Ular

Tesla

’ga ko‘rgazmadan ixtiyoriy ravishda chiqishni taklif qilishgan, biroq kompaniya vakillari bunga rozi bo‘lmagan. Natijada, allaqachon ko‘rgazma markazida joylashgan avtomobillar olib chiqilgan va kompaniya nomi avtosalon ishtirokchilari ro‘yxatidan o‘chirilgan.

Avtoko‘rgazma ijrochi direktori Erik Nikolla bu qarorni tadbir xavfsizligi uchun xavotirlar bilan izohladi. So‘nggi haftalarda

Tesla

dilerlik markazlari, avtomobillari va ularning egalari hujumlarga uchramoqda.

Brend mashinalari yoqib yuborilgan, shinalari teshib ketilgan, kuzovlariga turli yozuvlar yozilgan. Bunga sabab esa Ilon Maskning siyosiy faolligi va AQShning yangi ma’muriyati tomonidan Kanadadan keltirilayotgan mahsulotlarga boj joriy qilgani ekani aytilmoqda.

Ctrl

Enter

Xato topd

I

ngizmi