O‘zbekiston 2024 yilning yanvar-oktyabr oylarida xorijdan qiymati 202,7 mln dollarga 20 190 ta elektromobil import qilgan.
Statistika agentligi ma’lum qilishicha, elektromobillar importi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 6 730 taga oshgan.
10 oyda O‘zbekiston eng ko‘p elektromobil import qilgan davlatlar:
– Xitoy — 20 082 ta;
– Qozog‘iston — 51 ta;
– Hongkong — 17 ta;
– Germaniya — 14 ta;
– BAA — 10 ta;
– AQSH — 10 ta.