in

O‘zbekiston xalqaro yuk va yo‘lovchi tashishida yangi ruxsatnoma tartibini joriy etdi

O‘zbekiston hukumati 25 martdagi 114 sonli qaror bilan “Avtomobilda yuk va yo‘lovchilarni xalqaro tashishga ruxsatnomalarni berish, almashtirish va ulardan foydalanish tartibi”ni tasdiqladi.

Yangi nizomga muvofiq, xalqaro tashishlar uchun ruxsatnomalarni berish, almashtirish va ulardan foydalanish tartibi aniq belgilandi. Bu tartib milliy va xorijiy tashuvchilar uchun teng qo‘llaniladi.

Shuningdek, ruxsatnomalarda tashish turlari va ulardan foydalanish shartlari alohida ko‘rsatiladi. Ruxsatnomalar bir necha asosiy toifalarga ajratilgan: ikki tomonlama yuk tashish, tranzit yuk tashish, shuningdek uchinchi davlatga yoki uchinchi davlatdan yuk tashish uchun maxsus ruxsatnomalar. Universal ruxsatnomalar esa bir vaqtning o‘zida bir nechta turdagi tashishlarni amalga oshirish imkonini beradi.

Yo‘lovchi tashishlariga oid ruxsatnomalar ham alohida tasniflangan bo‘lib, ular ikki tomonlama va tranzit qatnovlarda nomuntazam yo‘lovchilarni tashish uchun mo‘ljallangan. Shu bilan birga, muntazam xalqaro yo‘lovchi tashishlar faqat davlatlar o‘rtasidagi kelishuvlar asosida tashkil etiladi va bu jarayon vakolatli organlar tomonidan muvofiqlashtiriladi.

Yangi tartib ruxsatnomalarni tartibga solish va xalqaro avtomobil tashuvlarini aniq va adolatli tartibda amalga oshirish imkonini beradi.

Ma’lumot

Mehmon

guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.

Yangiliklar

»

Avto

» O‘zbekiston xalqaro yuk va yo‘lovchi tashishida yangi ruxsatnoma tartibini joriy etdi

So’nggi yangiliklar

Jarqo'rg'on tumaniga yangi hokim tayinlandi

Bugun, 11:39

Putin biznes vakillaridan urush uchun ixtiyoriy moliyaviy yordam so‘radi

Bugun, 11:33

O‘rtoqlik o‘yini. Fransiya Braziliyani mag‘lubiyatga uchratdi

Bugun, 11:11