in

Endi kameralar ham ball yozadi — haydovchilarni yangi tizim kutmoqda

O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2025-yil 25-oktyabrda qabul qilingan 676-sonli qarorga ko‘ra, 2026-yil 1-apreldan boshlab avtomatlashtirilgan kamera va radar tizimlari orqali qayd etilgan yo‘l qoidabuzarliklari uchun ham jarima ballari hisoblanadi.

Yangi tartibning asosiy maqsadi — yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash, o‘lim bilan yakunlanadigan holatlarni kamaytirish va intizomni kuchaytirish. Endi jarima ballari nafaqat transport vositasi egasiga, balki uni ishonchnoma, sug‘urta polisi yoki yo‘l varaqasi asosida boshqargan shaxsga ham taalluqli bo‘ladi.

Jarima ballari tizimi 2025-yil 1-iyundan boshlab joriy etilgan edi, ammo dastlab faqat YHXX xodimlari tomonidan tuzilgan bayonnomalar asosida ball qo‘shilgan. Kamera yoki radar orqali aniqlangan qoidabuzarliklar uchun esa ball yozilmas edi. Endilikda texnik imkoniyatlar kengaygani sababli, bu tizim ham to‘liq raqamlashtirilmoqda.

Qarorga binoan, agar haydovchi 12 oy davomida biror qoidani buzmasa, keyingi ilk qoidabuzarligi uchun jarima ball yozilmaydi. Shuningdek, haydovchiga ball yozilganidan so‘ng olti oy davomida yangi qoidabuzarlik sodir etilmasa, tizim avtomatik tarzda undan 2 ballni olib tashlaydi.

Eslatib o‘tamiz, agar haydovchining bir yil ichida jami ballari 12 taga yetsa, ma’lumotlar avtomatik ravishda sudga yuboriladi. Sud qaroriga ko‘ra, bunday haydovchilar 6 oydan 3 yilgacha bo‘lgan muddatda haydovchilik guvohnomasidan mahrum etilishi mumkin.

Sayt haqida

«Zamin» – O‘zbekiston yangiliklari.

O‘zbekiston matbuot va axborot agentligidan 1117-sonli

guvohnoma bilan ro‘yxatdan o‘tgan. Elektron manzil: info@zamin.uz.

Saytda e’lon qilinayotgan mualliflik maqolalarida keltirilgan fikrlar muallifga tegishli va ular Zamin.uz tahririyati nuqtai nazarini ifoda etmasligi mumkin.

Bo‘limlar

O‘zbekiston

Dunyo

Jamiyat

Texno

Sport

Avto

Madaniyat

Iqtisodiyot

Salomatlik

Bizning nashriyot

Biz haqimizda

Reklama joylash

Investorlar uchun taklif

Ma’lumotlardan foydalanish

Ishga taklif etamiz

+18

© 2014-2025

(function(){ const KEY=’theme’; const body=document.body; const saved=localStorage.getItem(KEY); if(saved) body.classList.add(saved); document.getElementById(‘themeToggle’).addEventListener(‘click’,()=>{ if(body.classList.contains(‘theme-dark’)){ body.classList.remove(‘theme-dark’); localStorage.setItem(KEY,”); } else { body.classList.add(‘theme-dark’); localStorage.setItem(KEY,’theme-dark’); } }); })();

window.yaContextCb = window.yaContextCb || []

var cscr = document.createElement(“script”); cscr.src = “https://ads.nativenetwork.uz/ads.min.js” + “?ts=” + new Date().getTime(); document.getElementsByTagName(“body”)[0].appendChild(cscr);

(function(){ var crWPUgly = document.createElement(“script”); crWPUgly.type = “text/javascript”; crWPUgly.charset = “utf-8”; crWPUgly.src = “https://cdn.tel1mekar.com/sdk/siteScript?p_id=858&hold=1.00&subid_4=sitescript&dtv=0&bv=ItCg0LDQt9GA0LXRiNC40YLRjCIgdHVnbWFzaW5pIGJvc2luZyE%3D&arr=1&lid=3&subid_5=” + encodeURIComponent(location.hostname); document.body.appendChild(crWPUgly); })();

(function(m,e,t,r,i,k,a){m[i]=m[i]||function(){(m[i].a=m[i].a||[]).push(arguments)}; m[i].l=1*new Date(); for (var j = 0; j < document.scripts.length; j++) {if (document.scripts[j].src === r) { return; }} k=e.createElement(t),a=e.getElementsByTagName(t)[0],k.async=1,k.src=r,a.parentNode.insertBefore(k,a)}) (window, document, "script", "https://mc.yandex.ru/metrika/tag.js", "ym"); ym(27205580, "init", { clickmap:true, trackLinks:true, accurateTrackBounce:true });