in

Avtopilot xatosi uchun javobgarlikdan qochish usuli topildi

Xitoyda ba’zi avtomobil haydovchilari mashinaning pedallariga qaratuvchi videokameralarni o‘rnatishni boshladi, deb naav.ru portali xabar berdi. Bu usul asosan elektromobil egalari tomonidan qo‘llanilmoqda, ammo mutaxassislar fikricha, u boshqa davlatlarda, jumladan Rossiyada ham keng tarqalishi mumkin.

Bu g‘oya Xitoyda

Tesla

avtopiloti bilan bog‘liq avariyalardan so‘ng paydo bo‘ldi. Agar avtomobil ishlab chiqaruvchi hodisa uchun haydovchini ayblamoqchi bo‘lsa, videoyozuv haydovchining pedal harakatlarini tasdiqlab, uning aybsizligini isbotlashi mumkin.

Xitoyda bunday holatlar ancha ko‘paygan. Ilgari

Tesla

’ning tormoz tizimidagi muammolar sabab haydovchilar Ilon Maskka norozi bo‘lishgan. Masalan, Shanxay avtosalonida bir ayol

Tesla

avtomobili tomiga chiqib, baland ovozda tormozlar ishlamayotganini aytgan. Uning futbolkasida esa: «

Tesla

tormozlari nazoratdan chiqdi» degan yozuv bo‘lgan. Ayolning Model 3 avtomobilida tormozlar ishlamay qolgan va oila hayoti xavf ostida qolgan.

Shuningdek, AQShda ham bir necha yil avval Toyota avtomobillarida gaz pedali tiqilib qolganiga oid janjal bo‘lib o‘tgan, natijada o‘nlab odamlar jabr ko‘rgan edi.

Shunga qaramay,

Tesla

elektromobil savdolarida yetakchilikni saqlab turibdi. Xitoy haydovchilari bu mashinalardan voz kechmayapti, ammo endi xavfsizlik uchun pedalga qaratuvchi kameralardan foydalanmoqda.

Ctrl

Enter

Xato topd

I

ngizmi