UzAutoMotors 22 noyabr kuni soat 10:00 da Cobalt GX-Style AT Plus va GX-Midnight AT avtomobillari uchun kontraktatsiya boshlanishini ma’lum qildi.
Avtomobillarni xarid qilish uchun shartnomani savdo.uzavtosanoat.uz sayti orqali tuzish mumkin.
Telegram-bot hamda UzAvtosavdo ilovasi navbatni kuzatish xizmatini hamda mavjud avtomobillar haqida ma’lumotni taqdim etadi.
Avtomobil xaridi uchun tuzilgan shartnomalar bo‘yicha to‘lov yetti kalendar kun ichida amalga oshirilishi kerakligi eslatib o‘tildi.
Statistika agentligi O‘zbekistonda 2024 yilning yanvar—iyun oylarida 12 635 ta Gentra avtomobili ishlab chiqargan edi. Shuningdek, 17 432 ta Onix avtomobili ishlab chiqarilgan.
Bundan tashqari:
Cobalt – 72 948 dona;
Damas – 38 953 dona;
Tracker – 21 497 dona;
Kia – 9 270 dona;
Chery – 4 160 dona;
Haval – 542 dona;
Exeed – 95 dona;
Maxsus yengil avtomobillar – 12 804 dona.
UzAutoMotors Lacetti Gentra ishlab chiqarishni to‘xtatishi haqida xabar bergan edi. 2024 yilning 8 may kuni esa UzAutoMotors 15 daqiqa ichida Lacetti uchun 4,4 mingta shartnoma tuzdi.
UzAutoMotors 2023 yilda Chevrolet avtomobillari sotuvi bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘rinni egallagani xabar qilingandi. Kompaniya yil davomida 370 ming dona Chevrolet brendi ostidagi avtomobillar sotganini ochiqlagan.
Mavzuga oid yangiliklar