“Liverpool” markaziy himoyachisi Ibrahima Konate “Real Madrid”dan rasmiy taklif tushishini kutish maqsadida klub bilan shartnomani uzaytirish borasidagi muzokaralarni kechiktirmoqda, deb Goal.com xabar berdi. 26 yoshli fransiyalik futbolchining amaldagi kelishuvi muddati tugab borayotgani sababli, u erkin agent sifatida Madridga ko’chib o’tish imkoniyatini ko’rib chiqmoqda.
“Liverpool” rahbariyati esa futbolchini tekinga qo’yib yubormaslik uchun xavotirga tushgan. Ma’lumot o’rnida, hozirda Konatening haftalik maoshi 140 000 funt sterlingni (taxminan 2 240 000 000 so’m) tashkil etadi, agar u “Real”ga o’tsa, bu ko’rsatkich sezilarli darajada oshishi va unga 13 million funt sterling (taxminan 208 000 000 000 so’m) miqdorida bonus berilishi kutilmoqda.
Ma’lumot
Mehmon
guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar
»
Sport
» “Liverpool” himoyachisi Konate faoliyatini Ispaniyada davom ettirmoqchi
So’nggi yangiliklar
O‘zbekiston taekvondo jamoasi Antalyada g‘oliblikni qo‘lga kiritdi
Bugun, 11:55
Kolumbiya Jahon chempionati oldidan ichki ziddiyatlarga duch kelmoqda
Bugun, 11:45
FIFA 2026-yilgi Jahon chempionati ishtirokchilarini tasdiqladi
Bugun, 11:27
