Foto: ArianaNews
Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqov rahbarligidagi rasmiy delegatsiya Afg‘onistonga amaliy tashrif bilan bordi. Delegatsiya tarkibida viloyat hokimi o‘rinbosarlari va 30 dan ortiq yirik o‘zbek tadbirkorlari, shuningdek, investorlar ishtirok etdi.
Tashrif davomida delegatsiya Afg‘onistonning turli davlat idoralari va biznes sektori vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi. Shuningdek, konferensiyalar va savdo muzokaralari tashkil etilib, ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish, savdo aloqalarini kengaytirish va yangi investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Delegatsiyaning Balx viloyatiga ham safar qilishi rejalashtirilgan. U yerda mahalliy hokimiyat va xususiy sektor vakillari bilan ishbilarmonlik uchrashuvlari o‘tkaziladi. Shuningdek, Mozori Sharif shahrida o‘zbek mahsulotlari ko‘rgazmasi ochilishi kutilmoqda. Bu ko‘rgazmada milliy mahsulotlar sifati, turfa xilma-xilligi va zamonaviy yechimlari namoyish etiladi.
Eslatib o‘tish lozimki, joriy yilning fevral oyida Sirdaryo viloyati hokimi Erkinjon Turdimov rahbarligidagi delegatsiya ham Afg‘onistonga tashrif buyurgan va qator muhim uchrashuvlar o‘tkazgan edi.
Yaqin kunlarda O‘zbekistonning boshqa hududlari rahbarlarining ham savdo va iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlash maqsadida Afg‘onistonga tashriflari kutilmoqda.
Ikki davlat vakillari olib borayotgan muzokaralar ikki tomon uchun manfaatli loyihalarni ro‘yobga chiqarish, hududlararo aloqalarni mustahkamlash va yangi iqtisodiy imkoniyatlarni yaratishga xizmat qiladi.
Bu tashriflar orqali O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik yana-da mustahkamlanib, mintaqaviy rivojlanish va investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish uchun muhim poydevor yaratiladi.
Ma’lumot
Mehmon
guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar
»
Jamiyat
» Namangan hokimi boshchiligidagi delegatsiya Afg‘onistonga tashrif buyurdi
So’nggi yangiliklar
Mourinyo Ronaldu Portugaliya uchun o‘ziga xos ahamiyatga ega degan fikrda
Bugun, 11:14
Londonning “Arsenal” klubi jarohatlar inqiroziga duch keldi…
Bugun, 11:00
Toshkentda ulkan duel: Husanov Rondonga qarshi maydonga tushadi
Bugun, 10:53
