Xonanda Shohruhxonning konsert dasturida u va turmush o‘rtog‘i Asal ishtirok etgan iliq va ta’sirli lahzalar aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi.
Konsert davomida xonanda rafiqasiga guldasta taqdim etdi. Bu holat tomoshabinlar uchun kutilmagan va juda ta’sirli onlarga boy bo‘ldi. Shohruhxon rafiqasi bilan biroz raqsga tushib, sahnada samimiy muhit yaratdi. Ayniqsa, ularning o‘ziga xos tarzda — qo‘llarini musht qilib urib, xayrlashgani tomoshabinlarda iliq taassurot qoldirdi.
Shuningdek, yana bir video lavhada juftlik birgalikda konsert uchun tayyorlangan duet qo‘shiqni ijro etgani ko‘rindi. Ularning ijrosi zaldagilar tomonidan katta qiziqish va qo‘llab-quvvatlash bilan qarshi olindi.
Konsertga tashrif buyurgan muxlislar bu kechani o‘ziga xos, romantik va unutilmas deb baholashmoqda. Ko‘pchilik xonandaning rafiqasiga bo‘lgan hurmati va munosabatidan ta’sirlanib, uning tarbiyasi va insoniy fazilatlarini alohida e’tirof etmoqda.
Ma’lumot
Mehmon
guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar
»
Madaniyat
» Shohruhxon konsertda rafiqasi bilan romantik duet kuyladi (video)
So’nggi yangiliklar
Yulduz Rajabova o‘z karyerasiga turmush o‘rtog‘ining ta’siri masalasida fikr bildirdi
Bugun, 12:34
Maduro hibsdan murojaat qildi: ahvoli va pozitsiyasi ochiqlandi
Bugun, 12:19
Shohruhxon Asal bilan dueti haqidagi sirni ochdi
Bugun, 11:55
