in

Eldor Shomurodovning “Roma”dagi joyini Muhammad Saloh egallaydimi?

Italiya chempionatida yuqori o‘rinlar uchun kurashayotgan “Roma” klubi bu mavsum boshlanishidan oldin o‘z o‘zbek forvardi Eldor Shomurodovni Turkiya chempionati vakili “Istanbul Bashakshehir”ga ijaraga yuborgan edi. Shu vaqtdan beri rimliklar Eldorning o‘rnini to‘liq bosadigan ishonchli hujumchini topa olishmayapti.

Shomurodovning joyiga Angliya Premyer-ligasidan taklif qilingan irlandiyalik Evan Fergyuson ham ishonchni oqlay olmadi. A Seriyada 16 ta uchrashuvda faqat uchta gol urgan Fergyusonning salomatlik bilan bog‘liq muammolari ham uning samaradorligini pasaytirdi. Shu sababli “Roma” uni mavsum oxirida qayta olib kelishga qaror qildi.

Ijara vaqtida “Roma” Shomurodov uchun istanbulliklardan 3 million yevro olgan. Qo‘shimcha shartga ko‘ra, agar “Bashakshehir” Turkiya Superligasida o‘z o‘rnini saqlab qolsa, ular o‘zbek hujumchisini 2,8 million yevro qo‘shimcha to‘lab, to‘liq transfer qilish majburiyatini bajaradi.

Istanbul klubi esa Superligada yuqori o‘rinlarga daʼvogarlik qilmoqda, Yevropa turnirlariga yo‘llanma olish maqsadida raqobat qiladi. Shu jihatdan, 27 ta uchrashuvda raqiblar darvozasini 16 marotaba ishg‘ol qilgan Eldorning hissasi muhim ahamiyatga ega.

Bu holatdan shunday xulosa qilish mumkinki, Shomurodov yozda Rimga qaytmaydi va “Roma” bilan aloqalar to‘liq uziladi. Uning o‘rnini esa klub Muhammad Saloh bilan to‘ldirishga tayyorgarlik ko‘ryapti.

Misrlik yulduz yaqinda mavsum yakuniga kelgach, “Liverpul”ni tark etishini eʼlon qilgan. Tahlilchilarning fikriga ko‘ra, 33 yoshli hujumchi o‘z faoliyatida ijobiy burilish yasagan Italiya A Seriyasiga qaytishi mumkin. Saloh 2015-2017 yillarda “Roma”da o‘ynab, yuqori darajali hujumchi sifatida nom qozongan edi.

Nufuzli La Gazzetta dello Sport nashri ham Muhammad Salohning “Liverpul”ni tark etib, aynan “Roma”ga qaytish imkoniyatlarini ko‘rib chiqayapti, deb xabar berdi. Manbaga ko‘ra, u Italiya klubida bir mavsum o‘tkazishi mumkin, bu esa uning kelajakka oid qarori uchun vaqt berish maqsadini ko‘zlaydi.

Saloh “bo‘rilar” safida barcha musobaqalarda 83 ta o‘yinda qatnashib, raqiblar darvozasini 34 marta ishg‘ol qilgan va jamoadoshlariga 21 ta golli uzatma bergan. Joriy mavsumda esa “Liverpul” safida 34 ta o‘yinda 10 ta gol urdi va 10 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Transfermarkt maʼlumotiga ko‘ra, hozirgi kunda futbolchining bozor qiymati 30 million yevro atrofida baholanmoqda.

Endi rimliklar Muhammad Saloh orqali hujumiy salohiyatni kuchaytirish va A Seriyada yuqori maqsadlarga erishish imkonini ko‘zlamoqda.

Ma’lumot

Mehmon

guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.

Yangiliklar

»

Sport

» Eldor Shomurodovning “Roma”dagi joyini Muhammad Saloh egallaydimi?

So’nggi yangiliklar

Shohruhxon Asal bilan dueti haqidagi sirni ochdi

Bugun, 11:55

O‘zbek futboli — dunyo nigohida yoxud Tim Spirsning zamin.uz‘ga savollari

Bugun, 11:16

Turkiyada to‘y bo‘ldi, endi O‘zbekistonda qachon? Emre javob berdi

Bugun, 11:06