Varshava shahrida O‘zbekistonning mehnat resurslari salohiyatini keng targ‘ib qilish va Polsha kompaniyalari bilan strategik hamkorlikni mustahkamlashga bag‘ishlangan taqdimot tadbiri o‘tkazildi. Unda Polshaning Grupa Progres, Gremi Personal, Personnel International kabi 20 dan ortiq yetakchi rekruting va ish beruvchi kompaniyalar vakillari ishtirok etdi.
Muzokaralar jarayonida polyak ish beruvchilari O‘zbekistondan ishchi kuchini jalb qilish bo‘yicha aniq ehtiyojlarini ochiq bildirdi. Xususan, logistika sohasi uchun 2000 nafar, xizmat ko‘rsatish tarmog‘i uchun 800 nafar, sanoat sektoriga 600 nafar va qurilish yo‘nalishiga 200 nafar mutaxassis zarurligi taʼkidlandi. Bu esa umumiy hisobda 3600ga yaqin o‘zbekistonlik xodimni ish bilan taʼminlash imkoniyatini yaratishi mumkinligi qayd etildi.
Tadbirda ishtirok etgan polyak kompaniyalari vakillari O‘zbekistonni ishonchli, salohiyatli va istiqbolli hamkor sifatida baholadi. Ular o‘zbekistonlik mutaxassislarni jalb qilishga tayyor ekanini va bu borada o‘zaro hamkorlikni mustahkamlashdan manfaatdorligini bildirdi.
Shuningdek, Polsha tadbirkorlar va ish beruvchilar ittifoqi vakillari ikki davlat o‘rtasida samarali migratsiya siyosatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha muzokaralar olib borishning ahamiyatini taʼkidladi. Tahlillarga ko‘ra, Polsha iqtisodiyoti doimiy va salohiyatli ishchi kuchiga ehtiyoj sezmoqda va O‘zbekiston bu borada ishonchli hamkor bo‘lishi mumkin.
Uchrashuvda markaziy osiyolik, xususan o‘zbekistonlik xodimlarga talabning yuqori ekanligi alohida taʼkidlandi. Ayrim kompaniyalar viza tartib-taomillarini soddalashtirish orqali mehnat migratsiyasini yengillashtirish muhimligini taʼkidladi.
Muzokaralar yakunida O‘zbekiston Migratsiya agentligi hamda akkreditatsiyadan o‘tgan bandlik tashkilotlari ishtirokida B2B formatida navbatdagi uchrashuvlarni tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Bu qadam fuqarolarning Polshada xavfsiz, qonuniy va tartibli mehnat faoliyatini yo‘lga qo‘yishda muhim va strategik ahamiyatga ega bo‘lmoqda.
Bu tadbir nafaqat mehnat migratsiyasi sohasida, balki ikki davlat o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlashda ham yangi istiqbollarni ochmoqda.
Ma’lumot
Mehmon
guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar
»
O‘zbekiston
» O‘zbekiston mehnat potensiali: Polshada hamkorlik imkoniyatlari kengaymoqda
So’nggi yangiliklar
Bu hafta dollar kursi qanchaga oshgani ma'lum bo‘ldi
Bugun, 10:40
Sirdaryo viloyatida yirik kiberjinoyat fosh qilindi
Bugun, 10:33
27 mart oltin quymalarning sotuv narxlari e'lon qilindi
Bugun, 10:28
