in

Jarqo'rg'on tumaniga yangi hokim tayinlandi

27 mart kuni bo’lib o’tgan Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasidan so’ng Jarqo’rg’on tumaniga yangi hokim tayinlandi. Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmatiga ko’ra, qaror sessiyada mahalliy deputatlar ishtirokida qabul qilindi.

Yig’ilishda Elmurod Avazov Jarqo’rg’on tumani hokimi lavozimidan ozod etilgani ma’lum qilindi. Shundan so’ng viloyat hokimi ushbu lavozimga Ilhom Ochilovich Saparov nomzodini taklif etdi. Tuman kengashi a’zolari nomzodni ko’rib chiqib, uni ma’qulladilar.

Ilhom Saparov 1975-yilda Termiz tumanida tug’ilgan. U 2002-yilda Termiz davlat universitetida bakalavr bosqichini tamomlagan, keyin esa 2011-yilda shu yerning o’zida magistratura darajasini olgan. Mehnat faoliyati davomida u Surxondaryo viloyatining o’rta maxsus va kasb-hunar ta’limi, xalq ta’limi hamda madaniyat boshqarmalarida rahbarlik lavozimlarida ishlagan.

Mazkur tayinlovga qadar Saparov Surxondaryo viloyati hokimining o’rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelgan. Uning Jarqo’rg’on tumaniga o’tishi davlat xizmatidagi faoliyatida yangi bosqichni anglatadi.

Ma’lumot

Mehmon

guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.

Yangiliklar

»

Jamiyat

» Jarqo’rg’on tumaniga yangi hokim tayinlandi

So’nggi yangiliklar

Putin biznes vakillaridan urush uchun ixtiyoriy moliyaviy yordam so‘radi

Bugun, 11:33

O‘rtoqlik o‘yini. Fransiya Braziliyani mag‘lubiyatga uchratdi

Bugun, 11:11

JCH-2026 saralashi. Yamayka yarimfinalda Yangi Kaledoniyani mag‘lub etdi

Bugun, 10:57

Yo‘l harakati qoidalari buzilishini endi kamera ham hisoblaydi