in

Kichik Ronaldu “Real” akademiyasiga qabul qilinmaydi — sabab ochiqlandi

Yevropa ommaviy axborot vositalarida so‘nggi kunlarda futbol ishqibozlarini qiziqtirgan xabarlardan biri — Krishtianu Ronalduning to‘ng‘ich o‘g‘li “Real” akademiyasiga qabul qilinishi haqidagi ma’lumotlar bo‘ldi. Biroq “Qirollik klubi” bu gap-so‘zlarga aniqlik kiritdi.

“Real Madrid” rahbariyati bu boradagi mish-mishlarni rad etdi. COPE nashri tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, klub Krishtianu Ronaldu Juniorni o‘z akademiyasiga qabul qilishni rejalashtirayotgani yo‘q.

Ma’lum bo‘lishicha, bu xabarlarning tarqalishiga sabab — 15 yoshli kichik Ronalduning “Real”ning 16 yoshgacha bo‘lgan jamoasi bilan birga mashg‘ulot o‘tkazgani bo‘lgan. Aslida esa u “An-Nasr” yoshlar jamoasi a’zosi hisoblanadi.

Manbaga ko‘ra, “Real” tomonidan unga faqat vaqtinchalik tarzda tengdoshlari bilan mashq qilish imkoniyati berilgan, xolos. Bu qaror kichik futbolchining jismoniy formasini saqlab turish maqsadida qabul qilingan. Chunki Yaqin Sharqdagi mavjud vaziyat sabab u “An-Nasr” akademiyasida muntazam shug‘ullana olmayapti. Ayni paytda Ronaldu oilasi Madridda istiqomat qilmoqda.

Shuni ham ta’kidlash joiz, Krishtianu Ronaldu 2009–2018 yillar oralig‘ida “Real” sharafini himoya qilgan va bu davrda klub tarixida o‘chmas iz qoldirgan. U 438 ta uchrashuvda maydonga tushib, 450 ta gol urgan hamda 131 ta golli uzatma amalga oshirgan.

Qisqasi, hozircha kichik Ronalduning “Real” safida rasmiy faoliyati haqida gap yo‘q. Ammo futbolda hamma narsa tez o‘zgaradi — balki kelajakda bu hikoya yana boshqacha davom etar.

Ma’lumot

Mehmon

guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.

Yangiliklar

»

Sport

» Kichik Ronaldu “Real” akademiyasiga qabul qilinmaydi — sabab ochiqlandi

So’nggi yangiliklar

26 mart oltin quymalarning sotuv narxlari e'lon qilindi

Bugun, 11:49

Didiye Desham Fransiya termasidagi o‘rinbosar haqida norozi fikr bildirdi

Bugun, 10:55

Milliardlab dollarlik investitsiyalar: yangi iqtisodiy imkoniyatlar eshigi

Bugun, 10:48