in

Benavidez Aleksandr Usikni zamonamizning eng kuchli bokschisi deb atadi

Yarim og‘ir vazn toifasidagi WBC chempioni Devid Benavidez ukrainalik mashhur charm qo‘lqop ustasi Aleksandr Usik haqida juda yuqori fikr bildirdi. Uning ta’kidlashicha, hozirgi avlod orasida Usikka teng keladigan bokschi yo‘q.

“Usik, shubhasiz, bugungi kunning eng kuchli va raqobatsiz bokschisi. U ketma-ket ikki katta jangda g‘alaba qozondi va shu bilan o‘z darajasini yanada mustahkamladi. Menimcha, hozir hech kim uning saviyasiga yaqinlasha olmaydi”, — deya ta’kidladi Benavidez.

U, shuningdek, Usikning karerasidagi eng muhim bosqichlarga ham to‘xtalib o‘tdi. Avvaliga birinchi og‘ir vazn toifasida eng kuchli raqiblar bilan ringga chiqqan ukrainalik sportchi keyinchalik og‘ir vaznga o‘tib, ko‘pchilikni hayratda qoldirgan. Ko‘plab mutaxassislar uning yangi vaznda muvaffaqiyat qozonishiga ishonmagan bo‘lsa-da, Usik o‘z janglari orqali barcha shubhalarni yo‘qqa chiqardi.

“Yodingizda bo‘lsa, u birinchi og‘ir vazn toifasida ham eng kuchli raqiblar bilan jang qilgandi. Keyin og‘ir vaznga o‘tdi. O‘shanda hech kim Aleksandrning imkoniyatini yuqori baholamadi. Biroq Usik u yerda ham barchani nokautga uchratdi va shu orqali hammani lol qoldirdi”, – deya Benavidezning so‘zlaridan iqtibos keltirdi “Boxing News”.

Benavidez fikricha, aynan shu jasorat va barqaror natijalar Usikni zamonamizning eng ulug‘ bokschilaridan biriga aylantirgan.

Ma’lumot uchun, Aleksandr Usik navbatdagi jangini afsonaviy kikbokschi Riko Verxovenga qarshi 23 may kuni Misrda o‘tkazishi rejalashtirilgan. Bu to‘qnashuv ham sport muxlislari tomonidan katta qiziqish bilan kutilayotgani tabiiy.

Ma’lumot

Mehmon

guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.

Yangiliklar

»

Sport

» Benavidez Aleksandr Usikni zamonamizning eng kuchli bokschisi deb atadi

So’nggi yangiliklar

O‘rta Chirchiqda ayol va ikki oila a’zosi is gazidan vafot etgani ma’lum qilindi

Bugun, 12:08

Nurafshondan Toshkentga tezyurar avtobus tizimi joriy etiladi

Bugun, 12:02

25 mart oltin quymalarning sotuv narxlari e'lon qilindi

Bugun, 11:42