in

Akademik litsey o‘quvchilariga davlat imtihonida yengillik berildi

Adliya vazirligi O‘rta maxsus ta’lim muassasalarida yakuniy davlat attestatsiyasini o‘tkazish tartibini belgilovchi nizomga qo‘shimchalar va o‘zgartirishlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi.

Endi, yakuniy attestatsiya sinovlarida xorijiy tillar va umumta’lim fanlari bo‘yicha milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘lgan o‘quvchilar ushbu fanlardan davlat imtihonini topshirmaydi va ularga maksimal ball beriladi.

Shuningdek, yakuniy attestatsiyani 3 yil davomida topshirmagan o‘quvchilarga davlat namunasidagi guvohnoma olish uchun eksternt shaklda imtihon topshirish huquqi beriladi. Yakuniy attestatsiyada shikoyatlarni ko‘rib chiqish uchun apelyatsiya komissiyasi tashkil etiladi, va o‘quvchilar imtihon natijalari e’lon qilingan kundan boshlab 3 ish kuni ichida apelyatsiya berishlari mumkin. Apelyatsiya jarayonida o‘quvchining olgan ballari kamaytirilib qo‘yilmaydi.

Ma’lumot

Mehmon

guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.

Yangiliklar

»

O‘zbekiston

» Akademik litsey o‘quvchilariga davlat imtihonida yengillik berildi

So’nggi yangiliklar

Nurafshondan Toshkentga tezyurar avtobus tizimi joriy etiladi

Bugun, 12:02

25 mart oltin quymalarning sotuv narxlari e'lon qilindi

Bugun, 11:42

Pokistondan Misrgacha yoqilg'i narxlari ko'tarildi

Bugun, 11:42