2025 yil fevral oyida Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasi (XOK) tomonidan World Boxing tashkiloti jahon darajasida va vaqtincha xalqaro tashkilot sifatida e’tirof etildi. Bu qaror boks sportining global nufuzini yanada mustahkamladi.
Keyinchalik, XOK World Boxing nomidan 2028 yilgi Olimpiya o‘yinlari dasturiga boks musobaqalarini rasman kiritishni tasdiqladi. Bu qadam sportchilar uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochdi va boks yo‘nalishini xalqaro miqyosda rivojlantirishga xizmat qilmoqda.
Bugungi kunda, yana 9 mamlakat World Boxing a’zolari qatoriga qo‘shildi va umumiy a’zo federatsiyalar soni 168 taga yetdi. E’tiborlisi, bu ro‘yxatga Rossiya ham kiritildi. Yangi a’zo davlatlar quyidagilar:
1. Mozambik
2. Zambiya
3. Tonga
4. Tanzaniya
5. Rossiya
6. Papua Yangi Gvineya
7. Niue
8. Kipr
9. Belarus
Shu tariqa, World Boxing xalqaro miqyosdagi nufuzini oshirib, boks sportining Olimpiya ta’rifidagi roli yanada kengaydi. A’zolik ro‘yxatining kengayishi turli mintaqalarda sportni rivojlantirish va xalqaro musobaqalarda ishtirok etish imkoniyatlarini kuchaytirdi.
Ma’lumot
Mehmon
guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar
»
Sport
» World Boxing Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasi tomonidan rasman tan olindi
So’nggi yangiliklar
Tashiyev Hayit namozida qatnashdi va o‘zi xafa qilganlardan kechirim so‘radi (video)
Bugun, 11:57
Yulduz Turdiyeva uchun eng zo‘r xonanda kim?
Bugun, 11:32
Zokir Ochildiyev: “Ota-onani rozi qilishni kechiktirmang”
Bugun, 11:05
