2025 yilda 48 nafar erkak 70 yoshdan o‘tgandan so‘ng ota bo‘lgan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi rasmiy ma’lumot berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 2025 yilda O‘zbekistonda 879 599 ta tug‘ilish qayd etilgan. Tug‘ilishlar otaning yosh guruhlari bo‘yicha quyidagicha taqsimlangan:
– 25 yoshgacha — 97 917 nafar;
– 25–39 yosh — 718 798 nafar;
– 40–59 yosh — 62 246 nafar;
– 60 yosh va undan kattalar — 638 nafar, shundan 70 yoshdan oshganlar — 48 nafar.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda 12 mingdan ortiq ayol 40 yoshdan keyin ona bo‘lgani xabar qilingan edi. Shuningdek, 2025 yilda tug‘ilish va nikohlar soni kamaygan. Statistikaga ko‘ra, 2025 yilda 884 500 bola tug‘ilgan – bu 2024 yil (926 400) bilan taqqoslaganda 5,3 foizga kam. Bu kamayish deyarli barcha hududlarda kuzatilgan.
Shuningdek, nikohlar soni ham pasaygan. 2025 yilda 267 100 ta nikoh qayd etilgan – bu so‘nggi 15 yildagi eng past ko‘rsatkich bo‘lib, 2024 yilga (271 800 ta) nisbatan 1,7 foizga kam.
Ma’lumot
Mehmon
guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar
»
O‘zbekiston
» O‘zbekistonda 70 yoshdan keyingi otalar soni ma’lum qilindi
So’nggi yangiliklar
Yulduz Turdiyeva uchun eng zo‘r xonanda kim?
Bugun, 11:32
Zokir Ochildiyev: “Ota-onani rozi qilishni kechiktirmang”
Bugun, 11:05
O‘zbekistonda yashash va ovqatlanish xizmatlari hajmi keskin o‘sdi
Bugun, 10:47
