Kecha “Kamp Nou” stadionida UEFA Chempionlar ligasining 1/8 final javob uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda Ispaniyaning
“Barselona”
jamoasi Angliyaning
“Nyukasl Yunayted”
klubini qabul qildi. Birinchi o‘yindagi ustunlikni saqlab qolgan kataloniyaliklar, o‘z maydonlarida haqiqiy “golli yomg‘ir” uyushtirishdi —
7:2
.
O‘yinning ilk daqiqalaridanoq mezbonlar bosimni oshirishdi. Rafinya (6, 72), Mark Bernal (18), Lamin Yamal (45+7), Fermin Lopes (51) va Robert Levandovskining dubli (56, 61) g‘alabani ta’minladi. “Nyukasl” tarkibida Antoni Elanga dubl qayd etgan bo‘lsa-da, bu “Hakkalar”ni qutqarib qola olmadi. Statistika ham “Barsa”ning mutlaq ustunligini ko‘rsatmoqda: 63% to‘p nazorati va darvoza tomon yo‘llangan 13 ta aniq zarba raqibni chorasiz qoldirdi. Ikki o‘yin natijasiga ko‘ra (8:3), “Barselona” ishonch bilan chorak finalga yo‘l oldi.
Ma’lumot
Mehmon
guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar
»
Sport
» “Kamp Nou”da golli shou: “Barselona” “Nyukasl”ni tor-mor etdi!
So’nggi yangiliklar
Ramazon hayiti kuni ob-havo syurpriz qiladi: ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda
Bugun, 11:59
O'zbekiston hayit namozi vaqtlarini e'lon qildi
Bugun, 11:59
Zuhra Soliyeva: “Farzandli bo‘lish uchun 4 yil kurashdim” (video)
Bugun, 11:00
