in

Voyaga yetmagan bola o‘z onasining tarbiyasiga qaytarildi

Har bir bola uchun eng qulay va tinch maskan – bu ona bag‘ridir, deb xabar berdi. Shunday bir masalada adolat ustun keldi va voyaga yetmagan bola o‘z onasining tarbiyasiga qaytarildi.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Andijon tumanlararo sudining 04.02.2026 yildagi ijro varaqasiga ko‘ra, 6 yoshli bola javobgar A.O. dan onasi M.Z. qaramog‘iga topshirilishi belgilangan edi.

Mazkur ijro hujjatini bajarish maqsadida Byuroning Oltinko‘l tuman bo‘limi xodimlari tomonidan amalga oshirilgan majburiy ijro harakatlari natijasida bola ona bag‘riga qaytarildi.

Bu faqat ijro harakati emas, balki bolaning baxtli bolaligiga qo‘yilgan muhim qadam bo‘ldi. Ona mehrini his qiladigan va g‘amxo‘rlik ostida o‘sadigan bola uchun yangi hayot boshlandi.

Majburiy ijro byurosi inson manfaatlarini, ayniqsa, voyaga yetmaganlar huquqlarini himoya qilishni doimiy ustuvor vazifa sifatida saqlaydi.

Ma’lumot

Mehmon

guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.

Yangiliklar

»

Jamiyat

» Voyaga yetmagan bola o‘z onasining tarbiyasiga qaytarildi

So’nggi yangiliklar

Ramazon hayiti kuni ob-havo syurpriz qiladi: ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

Bugun, 11:59

O'zbekiston hayit namozi vaqtlarini e'lon qildi

Bugun, 11:59

Zuhra Soliyeva: “Farzandli bo‘lish uchun 4 yil kurashdim” (video)

Bugun, 11:00