in

Toshkentda Navro‘z bayrami qayerlarda va qanday nishonlanadi?

Toshkent shahar hokimligi 2026 yil Navro‘z bayrami munosabati bilan poytaxtning bir nechta hududlarida ommaviy tadbirlar tashkil etilishini e’lon qildi. Bayram tadbirlari nafaqat shahar markazida, balki turli tumanlarda ham keng ko‘lamda o‘tkaziladi.

Asosiy bayram maskanlari:

21–22 mart — “O‘zbekiston ovozi” turizm ko‘chasi (bosh manzil)

21–22 mart — Taras Shevchenko gastronomik ko‘chasi

21–23 mart — “Navro‘z” etno bog‘i

21 mart — Al-Xorazmiy turizm ko‘chasi

Shuningdek, quyidagi hududlarda ham bayram tadbirlari bo‘lib o‘tadi:

21 mart — Yunusobod tumani, Yunusobod Galereya majmuasi oldi

21 mart — Bektemir tumani, “Coca Cola” bog‘i

21 mart — Mirzo Ulug‘bek tumani, “Central Park”

21 mart — Sergeli tumani, markaziy xiyobon

21 mart — Olmazor tumani, Talabalar shaharchasi (Beruniy metrosi yonida)

21–22 mart — Shayxontohur tumani, “Anhor Lokomotiv” bog‘i

21–22 mart — Shayxontohur tumani, “Tashkent City” bog‘i

21 mart — Uchtepa tumani, “Seul” ekobogi

21 mart — Chilonzor tumani, G‘ofur G‘ulom bog‘i

21 mart — Yakkasaroy tumani, “Next” savdo majmuasi

21 mart — Yashnobod tumani, “Ashxobod sayilgohi” bog‘i

21 mart — Yangihayot tumani, “Mehrigiyo” maydoni

Bayram dasturida nimalar bo‘ladi?

Milliy taomlar va bahorlik ne’matlari keng namoyish etiladi;

Sumalak, halim, somsa va an’anaviy palov tayyorlash jarayoni hamda ularni tatib ko‘rish imkoniyati;

Mashhur san’atkorlar ishtirokidagi konsert dasturlari;

Hunarmandchilik va amaliy san’at ko‘rgazmalari;

Milliy o‘yinlar, xalq tomoshalari va qiziqarli bellashuvlar o‘tkaziladi.

Navro‘z tadbirlari shahar aholisi va mehmonlar uchun bayramona kayfiyat yaratadi, qadimiy an’ana va madaniyatni yaqqol namoyon etadi.

Ma’lumot

Mehmon

guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.

Yangiliklar

»

O‘zbekiston

» Toshkentda Navro‘z bayrami qayerlarda va qanday nishonlanadi?

So’nggi yangiliklar

Ramazon hayiti kuni ob-havo syurpriz qiladi: ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

Bugun, 11:59

O'zbekiston hayit namozi vaqtlarini e'lon qildi

Bugun, 11:59

Zuhra Soliyeva: “Farzandli bo‘lish uchun 4 yil kurashdim” (video)

Bugun, 11:00